Sulsher APL jamoasida ish boshlashi mumkin
16 dek 2024 14:41
Yangiliklar
Sulsher APL jamoasida ish boshlashi mumkin
"Vulverxempton" kuni kecha Angliya Premer-ligasining 16-turida "Ipsvich"ga qarshi o'yinda (1:2) uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Gari O'Nilni istefoga chiqarishga qaror qildi.
Qayd etilishicha, angliyalik mutaxassis o'rniga "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher asosiy nomzod bo'lib turibdi. "Qizil iblislar" sobiq ustozi "Vulverxempton"ning "Ipsvich" bilan o'yinini ko'rish uchun kelgan.
Ammo, takidlanishicha, Sulsher ushbu o'yinga o'zi bilan do'stona munosabatda bo'lgan "Ipsvich" bosh murabbiyi Kiran Makkenna bilan uchrashish uchun kelgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar