Sulsher muxlislar namoyishi haqida: "Mag'lubiyatlarni oqlamoqchi emasman, ammo bu narsalar tasir qildi"
18 may 2021 08:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/637773_original.jpg)
![](/upload/storage/637773_220.jpg)
Sulsher muxlislar namoyishi haqida: "Mag'lubiyatlarni oqlamoqchi emasman, ammo bu narsalar tasir qildi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher muxlislar tomonidan o'tkazilgan namoyish jamoa natijalariga tasir qilgan yoki qilmaganligi haqidagi savolga javob berdi.
"Ikkita mag'lubiyatimizni oqlamoqchi emasman, ammo shubhasiz, shu narsa sabab bo'ldi.
Bunday vaqt ichida sifatli va samarali o'yin ko'rsatishning jismoniy tomonlama imkoni yo'q. Tiklanish jarayoni bo'lgani yo'q. Odatdagidek kun tartibi ham bo'lmadi", - dedi Sulsher.
Eslatib o'tamiz, MYUning "Liverpul"ga qarshi 2 may kungi o'yini muxlislarning namoyishi sabab 13 mayga qoldirildi. Buning natijasida jamoada tig'iz taqvim yuzaga keldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar