"Menga Ruben Amorim juda yoqadi, u nimani istayotganini biladi" - Peter Shmeyxel
21 fev 12:19
Yangiliklar


"Menga Ruben Amorim juda yoqadi, u nimani istayotganini biladi" - Peter Shmeyxel
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Peter Shmeyxel klubning hozirgi holati haqida gapirdi.
"Albatta, bu yoqimsiz. Asta-sekin, yildan-yilga kuchsizlanib boryapmiz. Bizda murabbiylar ko'p bo'ldi, lekin rahbariyat yo'q.
Ayniqsa, Ole [Gunnar Sulsher] uchun achindim. Agar yuqoridan madad bo'lganida, u zo'r ishlashi mumkin edi, lekin unda bunday imkoniyat yo'q edi.
Lekin menga Ruben [Amorim] juda yoqadi. Birinchi marta to'g'ri odamni ishga olganimizga ishonchim komil. U nima xohlayotganini biladi. Ajoyib muloqot qobiliyatiga ega va jasoratli. U barcha savollarga javob beradi va juda kuchli lider sifatida namoyon bo'ladi. Mana bizga nima kerak", – dedi Shmeyxel.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar