Sulsher: "Bu yuz foizlik penalti edi"
01 mar 2021 22:45
Yangiliklar
Sulsher: "Bu yuz foizlik penalti edi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APL doirasida "CHelsi"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida bosh hakam Styuart Ettuell garchi Kallum Xadson-Odoi to'pni qo'li bilan o'ynagan bo'lsa-da, penalti belgilamadi. Bu vaziyatda bosh murabbiy o'z izoxini berdi.
"Bu penalti edi, yuz foiz. Agarda bu erda qo'l tabiiy holatda turgandi deb topilsa, men ko'r bo'lishim kerak.
Biz g'alaba qozonishni istadik. Agarda ularning darvozasi yonidagi o'yinlarimizni hisoblamasak, pressingga yaxshi ishladik. De Xea esa o'z seyvlari bilan gol o'tkazishni istamadi.
Ish sifati meni qanoatlantirdi. Birinchi bo'limda o'yin juda yomon bo'ldi. Ikkinchi taymda esa biroz temp qo'sha oldik va g'alaba qozonish uchun etarlicha vaziyatlar yaratdik. Menimcha, umumiy planda o'yinimiz yomon ko'rinmadi", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar