Sulsher: “Baxtimizga biz o'ynagan vaqtlarda VAR bo'lmagan”
18 fev 2020 08:12
Yangiliklar
Sulsher: “Baxtimizga biz o'ynagan vaqtlarda VAR bo'lmagan”
MYU ustozi Londonda “CHelsi” ustidan qo'lga kiritilgan g'alabaga izoh berdi.
“Biz to'p bilan juda yaxshi harakat qilmadik va ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Ammo bu gaplar himoyamizga deyarli taalluqli emas. Bayi uzoq muddatli tanaffusdan so'ng juda yaxshi o'ynadi. “CHelsi” ikkita gol urdi, biroq ikkalasida ham VAR xalaqit berdi. Hisoblanmagan birinchi goldagi holat? Men Fredning qoida buzgan vaziyatini ko'rmadim. Baxtimizga biz o'ynagan vaqtlarda VAR bo'lmagan. Jiruning goli? Menimcha, u kichik ofsayd holatida edi. Biz muhim uch ochkoni qo'lga kiritib, “CHelsi” bilan oradagi farqni qisqartirib oldik”, — deydi Ole-Gunnar Sulsher.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 9
Fikrlar