Sulsher Aleksisni ketchupga o'xshatdi

Aslanov Jasurbek
18 fev 2019, 12:40
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jamoa hujumchisi Aleksis Sanches o'yini borasida fikr bildirdi.

Joriy mavsum forvard mankunianlar safida 19ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"U iqtidorli futbolchi. Ha, bazi narsalarni to'g'irlash mumkin. Sanches "Fulxem" bilan o'yinda nimalar qilganini ko'rdingiz. U juda faol edi, to'p uchun kurashdi, bor energiyasini ishga soldi. Agar Aleksis gol ursa, bu unga ishonch bag'ishlashiga ishonaman.

U juda yaxshi futbolchi ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. U xuddi idishdan tashqariga chiqa olmay, birdaniga ko'p chiqib ketgan ketchupga o'xshaydi" - deydi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports