So’nggi yangiliklar

21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   1 20:24"Хайденхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  4 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  3 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  45 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  11 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  37

Suhrob Izzatov: “Bugun omad bizga kulib boqdi” Yangiliklar

Suhrob Izzatov: “Bugun omad bizga kulib boqdi”

Superliganing 23-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Turon” (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Suhrob Izzatov bilan suhbatlashdik.

- Bugun qiziqarli o'yin bo'ldi. “Turon” gol urish uchun ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ldi. Lekin omad ko'proq bizga kulib boqdi va muhim bo'lgan gollar evaziga g'alaba qozondik. Raqibimizga g'alaba zarurligi uchun ham bugun hujumkor futbolni tanladi va bizga qarshilik ko'rsatdi. Biz ham o'z maydonimizda g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. Qisqasi, oson bo'lmagan g'alabani qo'lga kiritdik. 

Maydonda bir kishi kam bo'lib qolganimizdan keyin bizda tushkunlik holati kuzatilmadi. Lekin hisob tenglashganidan so'ng qolgan vaqt davomida bizga oson bo'lmasligini tushunib turgandik. Ehtiyotkorlik bilan harakat qilmasak, bu bizga qimmatga tushishidan xavfsirab turgandik.  Keyinchalik maydondagi futbolchilar soni teng holatga kelganidan so'ng, bizda g'alaba qozonish uchun ishtiyoq oshdi va muhim gollarni urib oldik. 

Sovrinli o'rinlar uchun imkoniyatlarimizga kelsak, taqvimiz biroz qiyinroq.  Lekin biz  oxirigacha xalqaro maydonga yo'llanma beradigan yo'llanmalar uchun kurashamiz. Oldinda turgan o'yinlarimizda ijobiy natija qayd etishga intilamiz. Bundan tashqari, O'zbekiston kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan holda, xalqaro maydonda to'p tepish imkoniyatimiz bor. SHundan ham foydalanib ko'rmoqchimiz”, - deya so'zini yakunladi Izzatov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика