So’nggi yangiliklar

03:50Испания кубоги. "Атлетико" "Барселона" учрашувида 8 та гол урилди  101 03:05АПЛ. "Челси" йирик ҳисобда "Саутгемптон"ни мағлубиятга учратди  2 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду фаолиятидаги 925-голини урди  1 00:15Сардор Рашидов "Навбаҳор"да қолади  1 00:00Ўзбекистон Суперлигасида қишки трансфер ойнаси ёпилди  0 23:57"Навбаҳор" беш нафар легионерни Суперлига учун рўйхатдан ўтказди. Улар кимлар?  0 23:36Трент ва "Реал Мадрид" 4 йиллик шартнома бўйича оғзаки келишувга эришишди  10 22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  54 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  4 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  6 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  4 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  3

Suhrob Berdiev: "Nasaf" ustidan g'alaba sensaciya emas, o'yindan avval hattoki durangga ham ishonishmagandi" Yangiliklar

Suhrob Berdiev: "Nasaf" ustidan g'alaba sensaciya emas, o'yindan avval hattoki durangga ham ishonishmagandi"

Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Andijon" jamoasi Superliga 1-turida Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ldi (1:0).

Mazkur uchrashuvdan so'ng "burgutlar" futbolchisi Suhrob Berdievning fikrlari bilan qiziqdik. 

- O'yin haqida

- Birinchi o'yin har doim qiyin bo'ladi. Ayniqsa, Qarshida "Nasaf"ga qarshi oson emasligini bilardik. Bu raqib bilan ochiq o'yin qilish xato hisoblanardi. Kerakli natijaga erisha olmasdik. SHu bois ko'proq himoyaviy va qarshi hujumda harakat qildik. Yigitlar murabbiylarning ko'rsatmalarini to'g'ri bajarishdi. Muhimi, natija. Mavsum boshlanishida kuchli raqibdan ustun kelish keyingi uchrashuvlarda qo'shimcha ishonch berishi aniq. Bu o'yin tarixga aylandi. Allaqachon navbatdagi bahs haqida o'ylashni boshlaganmiz. 

- "Andijon" bu bahsda bitta aniq zarba berdi va o'sha zarba golga aylandi. Vaholanki, qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlarida vaziyatlardan foydalanish asosiy muammo bo'layotgandi...

- Yuqorida aytdim, raqibni qarshi hujumda poylashimiz kerak edi. So'nggi daqiqalardi bitta vaziyat bo'ldi va undan foydalandik. Turkiyadagi o'rtoqlik uchrashuvlarida ko'p vaziyat qilib, gol ura olmayotgandik. Vaziyatlardan samara chiqarish uchun oldin uni yaratishimiz kerak. Oldindagi bellashuvlarda ko'proq imkoniyat hosil qilishga va to'p kiritishga harakat qilamiz. 

- So'nggi vaqtlarda "Nasaf" maydonidan "Neftchi", "Bunyodkor" va boshqa jamoalar ochko bilan qaytayotganini hisobga olsak, "Andijon"ning g'alabasi tasodif emas deb o'ylaysizmi?

- Yo'q, tasodif emas. Hech kim maydonga yutqazish uchun chiqmaydi. Birinchi turda uzoq yo'l bosib kelgan muxlislar ko'z o'ngida g'alaba uchun maydonga tushgandik. 

- Bu bir marotabalik g'alaba bo'lib qolmaydimi?

- To'g'ri, sensaciya deyishmoqda. Ko'pchilik kutmagandi. Durangga ham ishonishmagandi, deya olaman. XXI asrda "Andijon" hali Qarshida g'alaba qozonmagan ekan. Bu jamoada motivaciyani oshiradi. 

-  Birinchi turda "Paxtakor", "So'g'diyona", "Nasaf" yutqazdi. Bunday natijalar nimaga ishora bo'lishi mumkin? Balki sovrinli o'rinlarda hech kim kutmagan jamoani ko'rarmiz...

- 2-3-turlarda ham jamoalar hali maksimal formaga kirmagan bo'ladi. Albatta, hozir hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. "Andijon" ham yuqori o'rinlarga harakat qiladi. To'xtab qolmaymiz.

- Ko'p narsa kutilayotgan albaniyalik hujumchi Rubin Xebay jamoaga kirishib ketdimi? U qanday taassurot qoldiryapti?

- Rubin jamoaga kech qo'shildi. Turkiyada ham so'nggi kunlarda jamoaga keldi. Mashg'ulotlarda, o'yinlarda ko'rinib turibdi, juda xotirjam. Qolgan legionerlar ham yaxshi. O'zaro yaxshi chiqishib ketganmiz. Bir oilamiz. So'zim yakunida bizni har qanday joyda qo'llab-quvvatlaydigan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirib qolaman. Qarshida ham 3-4 nafar emas, 70-80 nafar andijonlik muxlis bor edi. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика