So’nggi yangiliklar

14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  0 14:27ПРО-Лига. "Бухоро" - "Арал": Асосий таркиблар маълум!  0 14:15Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФАни тарк этди  4 14:05Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди  0 13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   0 13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  1 13:03Сардор Рашидов учун мавсум тугади   4 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  3 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  15 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  1 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  10 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1

Suhrob Berdiev: “Hokim kubogi musobaqasi yaxshi tashkil etildi” Yangiliklar

Suhrob Berdiev: “Hokim kubogi musobaqasi yaxshi tashkil etildi”

O'tgan haftada Farg'onada ananaviy viloyat hokim kubogi musobaqasi yakuniga etdi.

Unda No'mon Hasanov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” jamoasi barcha raqiblarni dog'da qoldirib, chempionlikka erishdi. Biz ushbu turnirda qo'qonliklar safida 4ta gol urishga erishgan Suhrob Berdiev bilan suhbatlashdik.

- Bu yilgi Farg'ona viloyati hokimida “Qo'qon-1912” jamoasi g'olib bo'ldi. Umuman olganda musobaqa qanday o'tdi?

- Hokim kubogi musobaqasi ancha yaxshi o'tdi. Guruh bosqichini Samarqandning "SHerdor" klubiga qarshi o'yin bilan boshlab 3:1 hisobida g'alaba qozondik. So'ngra "Zafar" ustidan 8:0 hisobida zafar quchdik. Quvasoyning "Cementchi" jamoasi bilan bahsda raqib darvozasiga javobsiz 3ta gol urdik. Guruhni Timur Kapadze boshchiligidagi "Lokomotiv" (U-21) jamoasiga qarshi o'yin bilan yakunladik - 4:1. SHu tariqa guruhdagi barcha 4ta o'yinda yirik hisoblarda g'alaba qozondik. CHorak finalda Akmal Xolmatov va Mansur Saidov kabi tajibali futbolchilarga ega bo'lgan "Rash-Milk" jamoasi bilan to'qnash keldik. Bu safar ham jamoadoshlarim bilan harakat qilib 5:0 hisobida g'olib chiqdik. Yarim finalda "Neftchi"ning U-18 jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etib finalga yo'l oldik. Hal qiluvchi bahsda "Neftchi"ning asosiy tarkibiga qarshi maydonga tushdik. Keskin va qiziqarli kechgan bahsda bitta gol bizga g'alaba keltirdi - 1:0.

- Musobaqa tashkilotchiligi qay darajada bo'ldi?

- Tashkilotchilik ham zo'r bo'ldi. Barchasini yaxshi tashkil qilishdi. Ayniqsa final o'yinida muxlislar uchun yaxshi sharoitlar yaratib berishdi. Final uchrashuvi tugagach taqdirlash marosimini yuqori saviyada o'tkazib berishdi. Bir so'z bilan aytganda tashkilotchilarga gap yo'q.

- Farg'ona viloyati Hokimi kubogini yanada kuchli musobaqaga aylantirish uchun nimalar qilish kerak deb o'ylaysiz?

- Yildan-yilga yaxshi o'zgarishlar kuzatilmoqda. Kubokka bo'lgan qiziqish kuchayib bormoqda. Keyingi yillarda xorij klublari ham taklif etilsa musobaqa saviyasi oshishi mumkin.



- Ushbu musobaqa davomida “Qo'qon-1912”ga uch nafar legioner: Darvozabon Boyan Knejevich (Serbiya), himoyachi Milosh Nikolich (Serbiya) va hujumchi Nedo Turkovich (Bosniya va Gercegovina) kelib qo'shilishdi. Bu legionerlar haqida fikringiz qanday?

- Knejeivich, Nikolich va Turkovich yaxshi darajadagi o'yinchilar ekanligi ko'rinib turibdi. Ular bir nechta o'yinda maydonga tushishdi va jamoaga foyda keltirishga harakat qilishdi. Lekin ularni jamoada olib qolish yoki olib qolmaslikni murabbiylarimiz hal qilishadi.

- “Qo'qon-1912” yangi mavsum superligada o'z oldiga qanday maqsad qo'yadi?

- Hozircha rahbariyat tomonidan aniq bir vazifa qo'yilmadi. Ammo jamoamiz har bir o'yinda qo'qonlik muxlislarni xursand qilib, faqat yaxshi natijani qo'lga kiritish uchun maydonga tushishimiz aniq.

- SHahboz Erkinov, Timur Hakimov, Nedo Turkovich, Nosir Otaqo'ziev. Bu yil jamoada hujumchilar juda ko'p. Raqobatga tayyormisiz?

- (kuladi) Raqobat bo'lgani yaxshi. Har bir futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushish uchun ikki baravar kuch bilan ter to'kadi. Mashg'ulotlarda yanada ko'proq ishlaydi. SHunday ekan men sog'lom raqobatga tayyorman va hech qachon bundan qo'rqmaganman.

- Sizga qishda xorij klublaridan taklif bo'ldi deb eshitdik. Agar bu rost bo'lsa nega transfer amalga oshmadi?

- To'g'ri mavsum tugagach bir qator xorij klublaridan takliflar bo'ldi. Biroq takliflar o'zim xohlagan jamoalardan bo'lmadi. SHu bois Superligada qolib o'z o'yinimni yanada kuchaytirishga qaror qildim.

- Xabarlarga ko'ra, 2019 yil Superligada 10ta jamoa bo'lishi mumkin. Futbolchi sifatida bunga qanday qaraysiz?

- Superligada 10ta jamoa bo'lishi mumkinligi haqida men ham eshitdim. Bu haqda bir narsa deyishim qiyin. Lekin shaxsan menga jamoalar soni qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi.

- Hokim kubogidan keyin bir necha kun dam olgan “Qo'qon-1912” endi Toshkentda yig'in boshladi. Keyingi rejalar qanday?

- 12 fevraldan Toshkentda yig'ildik. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib borayapmiz. Bu yig'in doirasida 3-4ta nazorat uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.



- Hokim kubogi finalida sizlarga qarshi Superligani tark etgan “Neftchi” o'ynadi. Ulkan tarixga ega bo'lgan, shonli klubning bugungi ahvoliga achindingizmi?

- Albatta shunday jamoa quyi ligaga tushib ketgani achinarli holat. “Neftchi” jamosiga faqat omad tilab qolaman. Tezroq Superligaga qaytishlariga tilakdoshman. Nasib qilsa yaqin yillarda Superligada yana ushbu jamoaga qarshi derbilarda maydonga tushamiz.

- Qishda jamoani O'tkir Yusupov, G'iyos Komilov va Darko Gojkovich kabi etakchilar tark etishdi. Bu “Qo'qon-1912” uchun katta yo'qotish emasmi?

- To'g'ri aytasiz bu jamoa uchun yo'qotish. Ayni paytda murabbiylarimiz bu yo'qotishlar o'rnini to'ldirish ustida bosh qotirishmoqda. Almashtirib bo'lmaydigan futbolchi yo'q.

- Ayni paytda Qo'qon shahridagi “Markaziy” stadion qayta tamirlanmoqda. Bundan ayniqsa futbolchilar xursand bo'lishsa kerak?

- Ha albatta! Barcha futbolchilar stadionimiz tezroq tamirlanishini kutayapmiz. O'z maydonimizda muxlislarimiz ko'z o'ngida ularni xursand qilishni niyat qilayapmiz.

- Muxlislarga qanday vada bera olasiz?

- Muxlislar bizni doim mana shunday qo'llab-quvvatlashdan charchashmasin. Hammaligiga rahmat aytaman. Qo'qonlik muxlislar bizni hech qachon yolg'izlatib qo'yishmaydi, uyda o'ynaymizmi yoki mehmondami farqi yo'q. Stadionga kelib bizni qo'llab turishsa biz futbolchilar ham maydonda oxirgi kuchimiz qolguncha ular uchun harakat qilishga vada beraman.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика