So’nggi yangiliklar

21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7

Sud xodimlari, hakamlar, aktyorlar va jurnalistlar bir maydonda FOTO Yangiliklar

Sud xodimlari, hakamlar, aktyorlar va jurnalistlar bir maydonda FOTO

Bugun "Futbol 20" sport majmuasida 14 yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi.

Ushbu mini turnirda 4ta jamoa qatnashdi. Ravshan Ermatov boshchiligidagi oliy liga hakamlari jamoasi, Oliy sud xodimlaridan tashkil topgan jamoa, Aktyorlar va Milliy Olimpiya qo'mitasi xodimlaridan tashkil topgan jamoa hamda futbol jurnalistlari jamoasi g'oliblik uchun kurash olib bordi.

Oliy liga hakamlari jamoasi safida Ravshan Ermatov, SHuhrat Po'latov, Sayfiddin Ermatov va SHerzod Qosimov kabi hakamlarimiz o'ynashdi.

Olimpiya qo'mitasi jamoasi safida Alisher Uzoqov va SHerzod Bin kabi aktyorlar, shoir Botir Ergashev to'p tepdi.  

Barcha to'rt jamoa bir-biri bilan bir martadan o'ynadi. Dastlabki ikki turda raqiblarini mag'lub etgan Oliy sud va hakamlar jamoalari o'ziga xos final uchrashuvida maydonga tushishdi. Unda Oliy sud xodimlaridan tashkil topgan jamoa 2:1 hisobida zafar quchib turnir g'olibiga aylanishdi.

1-tur
Hakamlar - Aktyorlar va MOQ 3:0
Oliy sud - Jurnalistlar 3:0

2-tur
Oliy sud - Aktyorlar va MOQ  3:1
Hakamlar - Jurnalistlar 6:1

3-tur
Jurnalistlar - Aktyorlar va MOQ 3:1
Oliy sud - Hakamlar 2:1

Musobaqa so'nggida bunday turnirlar ananaviy tarzda o'tkazib olishga kelishib olindi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика