Suares o'zining keyingi golini vafot etgan terma jamoaning sobiq fizioterapevtiga bag'ishlaydi
22 mar 2016 15:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/202248_original.jpg)
![](/upload/storage/202248_220.jpg)
Suares o'zining keyingi golini vafot etgan terma jamoaning sobiq fizioterapevtiga bag'ishlaydi
Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suaresning so'zlariga ko'ra, uning milliy jamoadagi navbatdagi goli sobiq fizioterapevt Valter Ferreyraga bag'ishlanadi.
Rakdan vafot etgan Ferreyra Suaresni og'ir damlarida qo'llab-quvvatlagan.
"Valter menga qiyin damlarda yordam bergan. Tizzamdagi jarohat tufayli Braziliyadagi JCHga bormayman deb o'ylagandim. O'zim ham shubhalanib qolgandim, ammo u meni bor kuchi bilan o'z kuchi va professionalligi bilan qo'llab turdi. Men vazifani uddaladim. O'sha paytda u kasal bo'lgan ekan, ammo buni yashirgan. SHu sababli Angliya terma jamoas darvozasiga urgan golimni unga bag'ishladim. Terma jamoadagi navbatdagi golimni ham Valterga bag'ishlayman" - deydi Suares.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar