So’nggi yangiliklar

23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  0 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  65 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  1 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   5 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7 19:00МЮ "Брайтон" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда. "Милан" ҳам ушбу футболчи борасида маълумот йиғяпти  0 18:33Машарипов кичик жароҳат олди  1 18:30Тома Табатадзе "Нефтчи"ни тарк этди  9

Suares: "Kuman bilan gaplashganimdan keyin uyga yig'lab qaytganman" Yangiliklar

Suares: "Kuman bilan gaplashganimdan keyin uyga yig'lab qaytganman"

"Atletiko" forvardi Luis Suares "Barselona"dan ketishi sababini aytdi.

"Barcha futbolchi biladi. Bu haqida o'tgan mavsumda ham aytib o'tdim. Barchasi murabbiyga bog'liq. Agarda uning o'rnida boshqa, yuqori avtoritetga ega murabbiy kelganida o'zini boshqacha tutgan bo'lardi. Agarda u o'zaro suhbatda meni hisobdan chiqarganini va buning sabablarini tushuntirib berganida, indamas edim.

Biroq u nima sababdan rejalarga kirmayotganimni aytmasdi. "Atletiko" bilan kelishib bo'lib, "Barselona" bilan shartnomani yakunlash uchun kelganimda esa u menga agarda transfer amalga oshmasa "Vilyarreal"ga qarshi bahs uchun qaydnomadan o'rin olishimni aytib o'tdi. "Nima? Men sening rejalaringda emasman. Sen meni qaydnomaga kiritmoqchimisan?"

U meni mashg'ulotlar bo'layotgan maydondan boshqasiga jo'natib yuborardi. Huddi 15 yoshli futbolchi kabi munosabatda bo'lardi. Bunday hurmatsizlik esa xuddi ustimdan kulayotgandek tuyulardi. SHu sababli uyga yig'lab qaytganman.

Biror marta u haqida xaqoratli intervyu bermaganman. Mashg'ulotlarda ochiqdan-ochiq norozilik qilmaganman. Professionalman. Eng yaxshi qarorni izlayverganman.

Bu holatda barcha ishtirok etishini istagandim. CHunki Bartomeu futbolchilarga Suares kiyim almashtirish xonasida o'zini yomon tutadi, unday ish qiladi, bunday ish qiladi deb aytgan. Uning bu gaplarini Kuman telefon qilishidan bir hafta oldin eshitgandim. Bu juda og'riqli", - dedi Suares.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика