Stiven Djerrard: "Bunday qarorga kelish oson bo'lgani yo'q"
21 iyu 2014 21:40
Yangiliklar
Stiven Djerrard: "Bunday qarorga kelish oson bo'lgani yo'q"
"Liverpul" futbolchisi Stiven Jerrard Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash borasida izoh berib o'tdi.
"Men vatanim sharafini himoya qilgan har bir daqiqamda o'zimni baxtiyor his qilganman. Lekin, men uchun milliy terma jamoa libosini boshqa kiymaslik judayam alamli.
Birinchi navbatda meni qo'llab-quvvatlab turgan oilam va do'stlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Milliy terma jamoada yonimda bo'lgan barchaga raxmat.
Bu mening faoliyatimdagi og'ir qarorlardan biri. Men oilam, do'stlarim, yaqinlarim bilan maslahatlashgandan so'ng shunday qarorga keldim", - deydi Jerrard.
Fikrlar