Sterling – Gvardiola qo'l ostida 100+ gol urgan 3-futbolchi
07 fev 2021 23:35
Yangiliklar


Sterling – Gvardiola qo'l ostida 100+ gol urgan 3-futbolchi
"Manchester Siti" vingeri Rahim Sterling APL 23-turi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yinda Alisson darvozasini ishg'ol qildi.
Etiborli jihati shundaki, 26 yoshli angliyalik futbolchi Pep Gvardiola qo'l ostida 100 va undan ortiq gol urishga muvaffaq bo'lgan 3-o'yinchiga aylandi.
Sterlingga qadar bunday natija "Barselona" sardori Lionel Messi (211 gol) va "shaharliklar" hujumchisi Serxio Aguero (120) erishgan edi.
SHuningdek, Sterling bugun "Liverpul" darvozasiga "Enfild" o'yingohida ilk bor yo'l topdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar