So’nggi yangiliklar

14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  2 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  7 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13

Stepan Atoyan: "O'zbek futbolida infratuzilma jihatidan katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda" Yangiliklar

Stepan Atoyan: "O'zbek futbolida infratuzilma jihatidan katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda"

Ayni damda Greciya davlatida yashab kelayotgan Farg'onaning "Neftchi" klubi taniqli sobiq vakillaridan hisoblangan Stepan Atoyan kuni kecha Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubi qarorgohiga tashrif buyurib, klubda mavjud sharoitlar bilan tanishdi.

Fursatdan foydalanib saytimiz muxbiri sobiq taniqli futbolchi bilan qisqa intervyu tashkilladi.

- Aytingchi, sizning O'zbekistonga tashrifingizdan ko'zlangan maqsad nimalardan iborat?


- Bilasiz, bu yil O'zbekiston milliy terma jamoasi 1994 yilgi Osiyo o'yinlarida g'oliblikni qo'lga kiritganiga 30 yil to'ldi. SHu munosabat bilan O'zbekiston futbol associaciyasi taklifiga ko'ra, yubiley uchrashuvida ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldim.




- Siz futbolchilik faoliyatingizni yakunlaganingizdan so'ng hozirgi kunda Greciya davlatida yashab kelayapsiz. Ortda qolgan davr mobaynida o'zbek futbolini kuzatib borayapsizmi?

- Albatta, muntazam kuzatib boraman. O'zim o'ynagan chempionat, futbolchilik faoliyatimning eng yorqin damlari shu erda o'tgan. SHu boisdan ham imkoniyat bo'lishi bilan O'zbekiston Superligasi doirasidagi o'yinlarni kuzataman. Mana shu yildan Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubi Birinchi ligada o'ynayapti. Jamoada do'stlarim Sergey Lebedev va Abdusamad Do'rmonovlar ish olib borishadi. "FarDU" ishtirokidagi o'yinlarni ham internet tarmog'i orqali kuzatib borayapman. Bugun mana klub qarorgohida keldim, sharoitlar va maqsadlar juda yuqori. Bu erda haqiqiy futbol muhitiga guvoh bo'ldim.

- Siz Greciyaga ketganingizdan buyon hozirgi kunda o'zbek futbolida qanday o'zgarishlarni sezdingiz?


- Albatta, hozirgi kunda o'zbek futbolida infratuzilma jihatidan juda katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. CHempionatlar tashkilotchiligi ham professional darajada. Muhtasham stadionlar, maydonlar. Barchasini ijobiy baholagan bo'lardim.




- O'zbek futbolida legionerga aylangan futbolchilar bor. Masalan Eldor SHomurodov, Abbosbek Fayzullaev kabi. Ular haqidagi fikrlaringiz qanday?


- So'ngi yillarda o'zbek futbolchilarining xorij klublariga transfer qilinayotgani bu o'zbek futbolining yutug'i deb o'ylayman. Legionerga aylangan futbolchilar qanchalik o'zlarini ko'rsatishlariga qarab bu jarayon davomiy bo'ladi. Eldor SHomurodov haqida bilaman, Abbos Fayzullaevni ham. Mana hozir Franciyada chempionatida yosh futbolchi Abduqodir Husanov o'ynayapti.

- Futbolchilik davrlaringiz va O'zbekistonni sog'inasizmi? Qanday taassurotlar bor?


- Albatta, men uchun tarixiy va eng yorqin xotiralar shu erda qolgan. Har doim sog'inaman.


Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика