Starrij nega faoliyatini Avstraliyada davom ettirishga qaror qilganini tushuntirdi
02 okt 2021 12:10
Yangiliklar
Starrij nega faoliyatini Avstraliyada davom ettirishga qaror qilganini tushuntirdi
"Pert Glori"ning yangi o'yinchisi Deniel Starrij o'z Instagram sahifasida Avstraliya chempionati klubiga o'tgani haqida izoh qoldirdi.
32 yoshli angliyalik futbolchi 2022 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagan.
"Pert Glori" uchun 2021/22 yilgi mavsum ajoyib bo'ladi. Menda ushbu ajoyib vaqtda Avstraliya ligasida o'ynash imkoniyati tug'ildi. Sabrsizlik bilan jamoadagi sheriklarimning oldiga oshiqmoqdaman. SHahar ajoyib ekanligini eshitdim, shu sabab uni o'rganishni sabrsizlik bilan kutaman. Ko'rishguncha", - deydi Starrij.
Eslatib o'tamiz, Starrij bunga qadar "Trabzonspor", "Manchester Siti", "CHelsi", "Liverpul" va "Vest Bromvich" klublarida o'ynagan.
Fikrlar