Srechko Katanecga nima sababdan besh oy maosh to'lanmagani malum bo'ldi
28 iyu 2021 15:47
Yangiliklar
Srechko Katanecga nima sababdan besh oy maosh to'lanmagani malum bo'ldi
U garchi Iroq termasi bilan muvaffaqiyatga erishgan bo'lsa-da, federaciya rahbarlari murabbiyni olib qolishni xohlashmadi. Yana bir malumot, ushbu murabbiyga oxirgi besh oydan beri maosh berilmay kelayotgandi.
Iroqlik jurnalist Hassanin Mubarakning yozishicha, federaciya ataylab sloveniyalik murabbiyni ketkazish maqsadida besh oy maosh bermagan. Bunga sabab Srechko Katanecning nihoyatda talabchanligi hamda sal narsaga federaciya rahbarlari bilan tortishuvchanligi bo'lgan. Tabiiyki bu narsa rahbarlarga yoqmagan va ular tezroq murabbiydan qutulish payida bo'lgan.
Endilikda Iroq terma jamoasi bosh murabbiyligiga Karlush Keyrushni olib kelishmoqchi va federaciya yiliga 1,75 million dollar maosh to'lashga tayyor. Biroq hozircha Keyrush bu taklifga javob bergani yo'q. Portugaliyalik murabbiy ayni paytda kasal otasidan xabar olish uchun Mozambikda bo'lib turibdi.
Fikrlar