So’nggi yangiliklar

23:08"Қўқон-1912" эртага тақдимот маросимини ўтказади. Тадбир мухлислар ва ОАВ учун очиқ   0 22:55ЕЧЛ. "Барселона" "Бенфика"га қарши ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  25 22:27Фарғона вилояти ҳокими "Нефтчи" қароргоҳида бўлди  0 21:26"Сурхон" Термизда таништирув маросими ўтказди  3 21:15АПЛнинг учта гранд жамоаси Рафиньяни сотиб олмоқчи  3 20:50Артета АПЛ ёки ЕЧЛдан қайси бирини ютишни кўпроқ хоҳлайди?  1 20:25"Манчестер Сити" Флориан Вирц билан музокараларни бошлади  5 19:59Ван Дейк - ПСЖ билан ўйин ҳақида: "Умид қиламанки, "Ливерпуль" Чемпионлар Лигаси чорак финалига чиқади"  1 19:31Клопп ўзининг энг катта трансфер хатосини айтди  1 19:08Гвардиола Родрига ўринбосар топди  1 18:44"Реал" Модрич ўрнига ПСЖ ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  9 18:20Дарвин Нуньес "Ливерпуль"дан хафа  11 17:58Погба дисквалификацияни ўтаб бўлди ва майдонга қайтиши мумкин  8 17:26Суперлига. 3-тур ўйинлари бошланиш вақтлари  1 17:01МЮ 2 млрд фунт эвазига 100 000 ўринли янги стадион қурилишини эълон қилди  10

Srechko Katanec va O'zbekiston MTJ azosida koronavirus aniqlandi Yangiliklar

Srechko Katanec va O'zbekiston MTJ azosida koronavirus aniqlandi

O'FA O'zbekiston milliy terma jamoasidagi Covid-19 bilan bog'liq vaziyat haqida bayonot berdi.

Bugungi kunda yana tez suratlarda tarqalayotgan koronavirus infekciyasi futbol olamiga ham o'z tasirini o'tkazmoqda. SHu jumladan, O'zbekiston milliy terma jamoasini ham Covid-19 bilan bog'liq vaziyat chetlab o'tmadi.

Xususan, milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec Dubaydagi yig'inga Sloveniyadan etib kelishi rejalashtirilgan edi. Biroq, bevosita ketish oldidan topshirilgan test musbat natijani keltirib chiqargan. SHu tariqa, sloveniyalik mutaxassis o'z yurtida karantin o'tashga majbur bo'ldi. Umid qilamizki, karantin davri tugagach, murabbiyimiz o'z sog'lig'ini tiklagan holda terma jamoa boshqaruviga qaytadi. Unga qadar Katanesning yordamchi murabbiylari yig'inning boshlang'ich qismida terma jamoani boshqarib turadi.

SHuningdek, jamoamiz Dubay shahriga etib borgach, delegaciyaning barcha azolari PCR test topshirgan. Testlar natijasiga ko'ra, Hojimat Erkinovda musbat javob qayd etilgan. SHu sababli u belgilangan tartibda, jamoadan ajratilgan holga karantin o'tashni boshladi. Karantin muddati yakuniga etgach, futbolchimiz qayta test topshiradi va natijadan kelib chiqib keyingi mashg'ulotlari reja qilinadi", - deb xabar berdi O'FA rasmiy sayti. 


Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика