So’nggi yangiliklar

10:45"Ал Насср" бразилиялик иқтидорни сотиб олди  1 10:14"Romaspress" нашри бугунги учрашув учун римликларнинг эҳтимолий таркибини эълон қилди  2 09:45Flashscore. Раҳмоналиев ва Ашурматов кечаги мағлубиятдан сўнг неч баҳога лойиқ кўрилди  1 09:19"Рома" етакчиларидан бири фаолиятини Саудияда давом эттиради  1 09:15Туркия чемпионати. "Галатасарой"да йирик ғалаба, Батшуайи пенальтидан гол ура олмади  2 08:47Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:35А Серия. Лукаку "Наполи" сафида дебют голини урди, Абрҳам "Милан"даги биринчи ўйинида ассист амалга оширди  4 08:20"Вест Хэм" футболчиси Хебай жамоасига кўчиб ўтди  2 07:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:19А Серия. «Милан» яна ғалаба қозона олмади,«Наполи»дан эса супер камбек  1 01:44Гринвуд "Марсель" сафида Лига 1даги 3та ўйинда 5та гол урди. Бу ишни сўнгги 50 йилда фақатгина Балотелли қила олганди  4 01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  6 00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  7 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гол ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  9 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  9

Srechko Katanec: "Terma jamoada qanday ishlayotganimga bahoni jurnalistlar bera oladi" (matbuot anjumani to'liq) Yangiliklar

Srechko Katanec: "Terma jamoada qanday ishlayotganimga bahoni jurnalistlar bera oladi" (matbuot anjumani to'liq)

Bugun O'FA matbuot anjumanlari zalida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.





- Kamerun va Kosta Rikaga qarshi o'yinlardan nimalar kutyapsiz?
- Uzoq muddatdan keyin sizlarga bilan ko'rishib turganimdan xursandman. Ikkita kuchli raqib, ikkita Jahon chempionatiga chiqqan jamoalar, yuqori darajadagi jamoalar. Bu darajadagi jamoalarga qarshi o'ynamaganmiz. Men hayajonlanmayapman, ammo qiziqayaman, ularga qarshi qanday o'ynaymiz. Ularni ko'rib chiqdim, kuchli jamoalar. Superligani ham, legionerlarimizni ham kuzatdim. Biz yanada kuchayshimiz kerak.

- Bo'lajak o'yinlarda qanday natijalar qoniqtiradi?

- Bu o'rtoqlik o'yinlari. Har qanday natija bo'lishi mumkin. Har bir o'yin turlicha va qiyin bo'ladi. Raqiblar asosiy futbolchilari bilan o'ynashadi. Jahon chempionatiga oz qoldi va ular o'rtoqlik o'yinlarida barcha futbolchilarini sinovdan o'tkazib olishadi. Bu o'yinlarda o'zimizning holatimiz qandayligini tekshirib olamiz. Balki mag'lub bo'larmiz, bu bahslar bizning futbolchilariga xabar bo'ladi. 2023 yil iyun oyida Osiyo kubogi bo'ladi, unga oz qoldi va futbolchilarimiz o'z holatlarini yaxshilab borishlari kerak. Superligani kuzatib tashvishdaman, taxminan 20ta tur o'tdi va to'purar bo'lib turgan futbolchi 30 yoshdan oshgan. Bizda muammolar bor.




- Hozir tarkibga chaqirilgan 23 futbolchiga etibor qilsak ko'pchiligi o'z klubida o'yin amaliyotiga ega emas. Ayniqsa hujumchilarimiz. CHaqirilgan futbolchilar o'z chizig'idagi eng kuchlilarimi yoki murabbiyning o'yiniga tushadiganlarmi?

- Bilaman nimani so'ramoqchi ekanizni. Bu bosqichda balki kimdir yaxshiroq holatdadir, Umarov va O'runov kabi futbolchilarda sifat bor. Ular hali yosh va qisqa muddat ichida terma jamoaga yordam bera oladigan darajaga ko'tarilishi mumkin. Bazi o'yinchilarimiz bor, 30 yoshga to'lgan va haligacha terma jamoada o'ynamagan. Ularni kuzatib borayapman, o'z holatlarini yaxshilashlari kerak. Hozir yig'inga chaqirilgan futbolchilar zamonaviy futbolda o'ynay oladiganlar. Kuchli jamoalarga qarshi istalgan futbolchilarni chaqirish noto'g'ri.

- O'runov va Umarov kelajakda terma jamoaga yordam bera oladigan darajaga chiqishi mumkin dedingiz. Iskanderov va Boltaboev esa hozir tayyor futbolchilar. Tayyor futbolchilardan foydalanish to'g'ri bo'lmasmidi?

- To'g'risini aytsam Kamerun o'yinlarini kuzatdim. Iskandarov Kamerunga qarshi o'ynay olmaydi. Kamerunga qarshi o'ynash boshqa daraja. Ularning eng kichkina futbolchisi 1.80 bo'yga ega. Hammasi jismoniy tomonlama baquvvat futbolchilar. Balki noyabr oyidagi yig'inga Iskanderovni chaqirarmiz. Noyabr oyida yana ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz. Hatto SHomurodov hozir kam o'ynayapti. Klubida zaxiraga kiritilmasa ham terma jamoaga chaqiraveraman. Men bilan bir yildan ortiq ishlamagan futbolchilarni hozir chaqirish qanchalik to'g'ri bo'lardi?




- Masharipov jarohat olgan. Tarkibda uning o'rnida Oybek Bozorov o'ynashi mumkinligini ko'ramiz. Ammo uning ham bo'yi pastroq. Kamerunga qarshi foyda keltirishi mumkinmi? CHap qanotni qanday yopmoqisiz?

- Ko'ramiz, siz ko'rasiz, biz ko'ramiz. O'yinda qanday amalga oshishini ko'ramiz. Boshqa variantimiz yo'q edi. Bozorovning o'rnida o'ynashi mumkin bo'lgan futbolchi bormi? Kim? O'tgan yil bilan bu yilgi Superliganing farqi bor. Hurmat saqlagan holda aytaman. O'tgan yil "Paxtakor" va "Nasaf" kuchliroq edi. Bu yil ham yana ular chempionlik uchun kurashmoqda. Demak nimadir to'g'ri ishlamoqda. Agar nohaq bo'lsam hammadan kechirim so'ramoqchiman.


- Kengaytirilgan va yakuniy ro'yxat qanday kriteriyalarga qarab aniqlanadi? 

- Normal kriteriya, masalan men bilan birga ishlagan 100 nafar futbolchini kiritishim mumkin. Agar uyda o'ynasak futbolchilarni chaqirish osonroq, chet elda o'ynasak viza bo'yicha muammolar bo'lishi mumkin. Qaysidir futbolchida muammo paydo bo'lsa boshqa futbolchini chaqirishim va unga viza chiqishi uchun 4-5 kun kerak bo'ladi.



- Jurnalistlar hech qachon bosh murabbiyni o'rnini egallashni xohlamidi. Jurnalistlar nega bosh murabbiyni tanqid qiladi, balki u ko'rmayotgan narsalarni ko'rayotgan bo'lishi mumkin. Ko'p muxlislar terma jamoadagi oldingi murabbiylar bizning tanqidlardan keyin ishdan ketgan deb o'ylaydi. Ammo Katanecning terma jamoasi klubga o'xshab qolgandek tuyulmayaptimi? Sababi o'zingiz aytdingiz futbolchi o'ynasa o'ynamasa chaqiraman va tarkibni 1 oy oldin aniqlab bo'lganman dedingiz. Noyabr oyida chaqirishim mumkin dedingiz. Yozda rasmiy o'yinlardan oldin test qiladigan vaqt emas dedingiz, hozir esa Kamerun kuchli jamoa test qiladigan payt emas deyapsiz. Demak butun mavsum davomida yaxshi o'ynagan futbolchi terma jamoaga chaqiruv olishi uchun noyabr oyini kutishi kerakmi?
- Bu sizning ishingiz. Bosh murabbiyda masuliyat bo'ladi. Men muammolarni mendan yaxshiroq ko'rishingizga ishonmayman. Noyabr oyida futbolchi yaxshi holatda bo'lmasa murabbiy nima qilishi kerak?

- O'sha yaxshi holatda o'ynayotgan paytda chaqirishi kerak bo'ldi.

- Murabbiy hech qachon jurnalistni yuta olmaydi. Men nima desam ham barchada boshqacha fikr bo'ladi. Boshqa fikr va boshqa argument berishingiz mumkin. Men sizning ishingizni hurmat qilaman, o'z ishimni qilyapman. Qo'limdan kelganicha ishlayapman. Men ham xato qilaman, bu normal holat. Har qanday murabbiy xato qilishi mumkin. Doim shunday yanvar oyida tayyor bo'lmaydi, noyabr oyida holati bunday bo'ladi, hozir yaxshi o'ynamayapti, qaeridir og'riyapti, doim har xil bahonalar bo'ladi. Ishoning doim shunday bo'ladi, o'zimning ko'zim bor. Superliga o'yinlarini har kuni kuzatib boryapman. Bu futbolchini qaysi rakursdan kuzatishga bog'liq. Bizda texnik va jismoniy sifatlar bor. Himoyaga yordam berish, barchasini hisobga olaman. Uchrashuvlarni yaxshilab kuzatsangiz futbolchilar qanday o'ynayotganini ko'rasiz. Osiyo kubogini yutmoqchi bo'lsak hamma birga ishlashi va himoyalanishni bilishi kerak. Eng zo'r futbolchi kamroq yugurishi mumkin degan narsa yo'q.



- SHomurodov o'z klubida o'ynamasa ham terma jamoaga chaqiriladi dedingiz. O'sha paytda yaxshi o'ynab gollar urayotgan boshqa hujumchiga nisbatan xiyonat emasmi? Vaholanki siz o'z klubida zaxirada qolib ketayotgan ikki nafar darvozabonni almashtirdingiz.
- Bizda darvozabonlar murabbiyi bor. Bu savolni unga berish kerak. Darvozabonlarda muammo bor, zaxirada qolishmoqda, shu bois almashtirdik. Darvozabon va hujumchini solishtirish kulguli emasmi? Men hazillashdingiz deb o'ylayman.

- Terma jamoada o'ynash uchun raqobat bo'lishi kerakmi?
- Yo'q.



- Bu savol bilan sizni yutmoqchi emasman. Terma jamoaga kelganingizga 1 yildan oshdi, aytingchi o'zingizning ishingizdan qay darajada to'lmoqda? SHu 12 oy ichida O'zbekiston terma jamoasida oldin bo'lmagan yangi nimanidir olib kirdim deb hisoblaysizmi?
- Bu savolga o'zingiz javob berishingiz mumkin. O'zimga baho berish mening ishim emas. Natija jihatdan o'z ishimizni qilmayapmiz. Juda yaxshi o'ynayapmiz. Tailand kuchli terma jamoa edi. Ularga qarshi yaxshi o'ynadik. Tailand Namanganga kelishdan oldin Bahrayn va yana bir jamoaga qarshi o'ynadi. O'sha o'yinlarni ko'ring, Tailandda juda ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Tailandni 4:0 hisobida ham yutishimiz mumkin edi, vaziyatlardan foydalanganimizda. Osiyoda Tailandga qarshi o'yinlar doim muammo keltirib chiqaradi. O'zbekiston oldin Tailandga qarshi o'ynagan, bilmayman nechta gol urgan, o'zingiz tekshirib ko'rishingiz mumkin. Doim yangi o'yinchilarni qo'shish qiyin. SHakllangan kollektiv ulardan nima talab qilayotganimni biladi. SHomurodov, Masharipov kabi futbolchilar anchadan beri o'ynamoqda, ularga gapirish ham shart emas. Agar bunday futbolchilar o'yinlarda maydonga tusha olmasa, har qanday murabbiyda muammo kelib chiqishi mumkin. Bu bahona emas. Lekin o'z ishimga baho bera olmayman, hech qanday bunday qilmaganman.


- Noyabr oyida Rossiya bilan o'ynashingiz mumkin degan xabarlar chiqdi. Bunga tayyormisiz?
- Bilmayman. SHunday mish-mishlarni eshitdim. Bilishimcha Rossiya 3ta o'rtoqlik borasida kelishib bo'lgan. Hozircha noyabr oyida kimlarga qarshi o'ynashimizni bilmayman. Bu yomon, ammo haqiqat shunday.

- Sizning oldingizga nafaqat Osiyo kubogiga yaxshi tayyorgarlik ko'rish, balki asosiy maqsad JCH-2026ga chiqish vazifasi ham qo'yilgan. Bu Jahon chempionatida ishtirok etadigan asosiy yigitlarimiz Timur Kapadze qo'l ostida o'ynamoqda. OTJ va MTJ o'yin uslubi yaqinmi? Olimpiya terma jamoasidagi yigitlar terma jamoada o'ynashga tayyormi?
- Milliy terma jamoa bilan U-23 terma jamoa darajasi butunlay boshqacha. Dunyoda faqat Ispaniyada shunday, yoshligidan bitta uslubda o'ynatishni boshlashadi. Ularda 20 yoshli futbolchi allaqachon terma jamoada nima qilishni biladi. O'zbekistonlik futbolchilarning 20 yoshda darhol burni ko'tarilib ketmoqda. Siz 40 yosh bo'lsangiz ham qolgan futbolchilarni hurmat qilishingiz kerak. Yoshlar esa hakamlar bilan talashadi, bahslashadi. Bu yomon. Yoshlar futboli boshqacharoq, ularni terma jamoaga qo'ysam boshqa darajada o'ynashi kerak. Kamida 100ta o'yin o'tkazgan futbolchilarga qarshi o'ynashga tayyor bo'lishi lozim. Yosh futbolchini qo'yib sinab ko'rishim va o'ynay olmadi deyishim mumkin. Ammo unday qilmayman va tayyor bo'lganida tushiraman faqat. Angliyada 15 yoshli futbolchi maydonga tushibdi, rekord! Ammo 15 yoshli yigitchaning xayolida nimalar borligi hech kim bilmaydi. Bu murabbiy uchun katta masuliyat hisoblanadi. Taxminan 1 yildan keyin uning o'yiniga baho bersa bo'ladi. Uni tushirgan holda to'g'ri qilishdimi yoki noto'g'rimi bir yildan keyin bilsa bo'ladi.

- Yozda U-23 terma jamoasi Osiyo kubogida qatnashgani uchun ulardan foydalana olmadingiz. Bu safar sizda imkoniyat bor edi...
- Yosh futbolchilar men kutgandek o'ynmayapti. Terma jamoada bazi o'yinchilar ham oldigi o'yinini ko'rsatmayapti. Agar ular bu narsani tushunsa yaxshi, agar shunday o'ynashda davom etsa menga bu narsa yoqmaydi. 10 nafar yangi futbolchini qo'shib olib jamoa sifatida shakllantirish qiyin, bunga vaqt talab etiladi. Bunga vaqt kerak. Husayn ko'p gollar urishi kerak, kerak bo'lsa pressing qilishi kerak.




Narzulla Saydullaev 

foto: Jahongir Fayzullaev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика