So’nggi yangiliklar

09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  0 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  1 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  112 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34

Srechko Katanec: "Mavjud imkoniyatlardan kelib chiqsak, Osiyo kubogida yaxshi qatnashdik" (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Srechko Katanec: "Mavjud imkoniyatlardan kelib chiqsak, Osiyo kubogida yaxshi qatnashdik" (to'liq matbuot anjumani)

Osiyo kubogi chorak final bosqichidan o'rin olgan Qatar va O'zbekiston termalari o'rtasidagi o'yindan so'ng, musobaqani tark etgan terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec matbuot anjumanida qatnashdi.

- Janob Katanec, o'yindan keyingi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Hammasini o'zingiz ko'rdingiz. Bunday o'yindan keyin xafsalamiz pir bo'lishi turgan gap. Futbolchilar o'zlari ko'rsatgan o'yindan faxrlanishlari kerak. Yaxshi o'yin o'tkazdik. Penaltilar seriyasi esa har doim xavfli bo'ladi. Biz musobaqani tark etdik. Bu futbol, mag'lubiyatni qabul qilishimiz lozim. O'yin davomida yaxshi harakat qilgandik. Kutilmaganda gol o'tkazib yubordik. Hisobni tenglashtirib olganimizdan keyin Qatar hech qanday vaziyat yarata olmadi. Turnirda yomon ishtirok etmadik. 

- Gol urganimizdan keyin nega tempni oshirib, yana hujum qilmadik?m Nima sababdan himoyaga o'tib oldik? Ruhiy ustunlik biz tomonda edi, hujumchi ham maydonga tushishi rejalashtirilgandi...

- Men ularga himoyalaning deb aytibmanmi? Men ularga ortga qaytib, himoyalaning deganim yo'q. Dunyodagi biror murabbiy bunday demaydi. Bu futbolchilarga bog'liq. O'sha vaziyatdagi futbolchilarning ruhiy holatiga bog'liq. Ikkinchi bo'limda ko'p pressing qildik. Futbolchilar ham tabiiyki charchab qolishdi. Biz durangdan qoniqib harakat qildik demagan bo'lardim.

- O'yindan oldingi matbuot anjumanida hakamlik haqidagi savolni berishga yo'l qo'yishmagandi, men aynan shu savolni qaytadan bermoqchiman. Bugungi hakamlik haqida nima degan bo'lardingiz? Fayzullaevga nisbatan ishlatilgan qo'pollikda qizil kartochka yo'qmidi?

-Hech narsa deya olmayman. To'g'risi, hakamlar chiqarayotgan qarorlar, VAR qanday ishlashini tushuna olmayman. Yaxshisi, bu mavzuga to'xtalmay qo'ya qolaman.

- Jamoa mashg'ulotlar jarayonida penaltilar seriyasiga tayyorlanganmidi? Bugungi seriyada muvaffaqiyatsiz harakat qilishimizga sabab nima?

- O'yinda doim boshqacha bo'ladi. Penaltilar seriyasi har doim xavfli bo'lgan. Mashg'ulotlar jarayonida qanday penaltini amalga oshirmaylik, haqiqiy o'yinda bari qiyinroq.

- Uchrashuv so'nggida zaxiradan futbolchi tushirishga harakat qildingiz, ammo bunga vaqt etmadi. Reja nimadan iborat edi?

- Penaltilar seriyasi uchun Iskanderovni maydonga tushirmoqchi edik, ammo ulgurmadik.

- Janob Katanec, O'zbekiston termasi Osiyo kubogidan chiqib ketdik. Turnirdagi ishtirokimizdan qanchalik qoniqdingiz?

- Yuqorida aytib o'tdim. Osiyo kubogida ko'rsatgan natijamizdan qoniqish hosil qildim. Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik. SHuncha jarohat va muammolar bilan chorak final bosqichiga chiqqanimiz men uchun qoniqarli natija hisoblanadi. 

-Bu Osiyo kubogida O'zbekiston termasi avvalgi yillarga qaraganda ancha yaxshi o'yin ko'rsatdi. Jahon chempionati va keyingi musobaqalarda termaning rejalari qanday bo'ladi?

- Tez orada JCH saralashi. Terma jamoamiz kelajagini ishonsa bo'ladigan yoshlar bizda etarli. Ular o'sib kelishmoqda. Ushbu musobaqada ham yosh futbolchilar yaxshi harakat qilishdi. Mart oyida FIFA kunlari bo'ladi. Ushbu o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Musobaqadagi ishtirokimiz yomon chiqqani yo'q. Mavjud imkoniyatlardan yaxshi natija qayd etdik deb o'ylayman. Kimdir qoniqmagan bo'lsa, bu ularning muammosi. Masalan, birinchi o'yinda Suriya bilan durang qayd etganimizda ko'pchilik bizni tanqid qildi. O'zbekistonlik jurnalistlar yoki yana boshqa shaxslar Suriyadan oson raqib yasab qo'yishgandi. Biz durangdan qoniqmagandik. Suriya terma jamoasi esa Eron bilan qanday o'yin ko'rsatganini barcha ko'rdi. Eronliklar faqatgina penaltilar seriyasidagina g'alaba qozona olishdi.

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика