Sportchi raqib ustida salto otgani uchun g'alaba va puldan mahrum qilindi (VIDEO)

Aziz Tukhtamuradov
26 mar 2018, 18:40
Bir necha kun oldin LFA promoushenida jang oqshomi tashkil qilindi.

Og'ir vaznli sportchilar Irvins Ayyala va Dryu Chetmenlar o'rtasidagi jang kutilmagan holatda yakunlandi. Birinchi raundning o'rtalarida Ayyala raqibini nokautga uchrata oldi. Ammo, barchasi hali oldinda edi. U g'alabani raqibining ustida salto otgan holda nishonladi. Bunday harakat raqibning umurtqasiga jiddiy jarohat etakzishi mumkin edi.

Yakunda tashkilot bu "qiliq" uchun sportchining gonorarini bekor qildi va ma'lum muddatga chetlatdi.

Videoni tomosha qiling > > > TELEGRAMM

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif