So’nggi yangiliklar

14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  2 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  3 13:26Жеррард Трентнинг "Реал"га кетиши ҳақида: "Мен бундай қилмаган бўлардим. Нималар қилаяпсан ўзи?"  7 12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  2 12:16Фабио Каннаваро ҳикояси: Копток узатувчиликдан "Олтин тўп"га қадар йўл  2 12:00Championat.asia ва Transfermarkt Суперлиганинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   1 10:55Криштиану Роналду: "Мақсад жаҳон чемпионатига чиқиш ва унда ғалаба қозониш"  40 10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  4 10:04"Интер Майами" Альбанинг ўрнига "Реал" собиқ футболчини олиб келмоқчи  5 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  4 09:00"Реал" ва "Барселона" Германия МТЖ ҳимоячиси учун курашмоқда  1 08:33ПСЖ "Барселона" футболчиси учун трансфер рекордни янгилашга тайёр  7 08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  7 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0

Sport vazirligidan yana bir yangi akciya! Bu safar o'zgacha! Yangiliklar

Sport vazirligidan yana bir yangi akciya! Bu safar o'zgacha!

Ilk bor yurtimizda kibersport- kompyuter sporti bo'yicha “MINSPORT ONLAYN KUBOGI” musobaqasi tashkil etilmoqda.

Ushbu musobaqa bugungi karantin davrida xalqimizning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Esports Uzbekistan Federaciyasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Musobaqa joriy yil 14-30 aprel kunlari bo'lib o'tadi. 

Eng muhimi, ushbu kibersport musobaqasi to'liq onlayn rejimda o'tkaziladi va unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Musobaqa #UydaQolibOʻyindaBoʻling chellenji ostida tashkil etilib, unda 6 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin .

Musobaqa quyidagi 3 ta yo'nalishda bo'ladi:

1. “FIFA20“;

2. “Clash Royale”;

3. “Victory The Age of Racing”

Musobaqaning umumiy sovrin jamg'armasi 65 000 000 so'mni tashkil qiladi.

Yo'nalishlar bo'yicha mukofot jamg'armasi quyidagicha taqsimlanadi:

“FIFA 20“ – 30 000 000 so'm (1-5-o'rinlar taqdirlanadi);

“Clash Royale” – 20 000 000 so'm (1-5-o'rinlar taqdirlanadi);

“Victory The Age of Racing” – 15 000 000 so'm (1-5-o'rinlar taqdirlanadi).

Musobaqada qatnashish uchun quyidagi havola (https://forms.gle/nRQA5hCdzueojwgV8) orqali ro'yxatdan o'tiladi.

SHoshiling, ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati esa 14 aprel, soat 23:00 etib belgilangan.



Musobaqa taqvimi kuyidagicha:

- 15-22 aprel, guruh bosqich o'yinlari;

- 23-28 aprel, pley-off bosqich o'yinlari;

- 29 aprel, 3-o'rin uchun bahslar;

- 30 aprel kuni esa “MINSPORT ONLAYN KUBOGI” musobaqasining hal qiluvchi final o'yinlari bo'lib o'tadi.

Musobaqa doirasidagi markaziy o'yinlar Esports Uzbekistan Federaciyasining Youtubedagi kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri translyaciya qilinadi.

Qo'shimcha malumotlar bilan vazirlikning www.minsport.uz rasmiy sayti va @minsport telegram kanali hamda O'zbekiston elektron kompyuter sporti federaciyasining esports_uzbekistan telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

Kibersport onlayn musobaqasida ishtirok eting va g'olib bo'ling!


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика