YANGILANDI. SPORT TV: "Surxon" - "Nasaf" uchrashuvi namoyishi tiklandi
13 mar 2020 16:21
Yangiliklar
YANGILANDI. SPORT TV: "Surxon" - "Nasaf" uchrashuvi namoyishi tiklandi
Ayni damda "Surxon" hamda "Nasaf" o'rtasida Superliganing 3-tur uchrashuvi o'tkazilmoqda.
Ushbu o'yin "SPORT TV" orqali jonli efirda namoyish etilishi kerak edi, biroq bahs televideniya orqali ko'rsatilmayapti. Telekanalning Telegramdagi rasmiy sahifasi bu borada quyidagi malumotni berdi:
"Texnik sabablarga ko'ra, Superliga 3-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Nasaf" o'yini telekanalimizda jonli efirga uzatilmaydi. Bahs yozib olingan holda namoyish etiladi. Noqulaylik uchun uzr so'raymiz".
20 daqiqadan so'ng telekanalning Telegramdagi sahifasida yangi xabar paydo bo'ldi:
"Qadrli muxlislar. "Surxon" - "Nasaf" o'yini namoyishi tiklanadi. Noqulaylik uchun uzr so'raymiz".
O’xshash yangiliklar
10:07
"Andijonliklar keldi, andijonliklar finalda"! "Andijon" - "Surxon" uchrashuvidan FOTOGALEREYA 13
Fikrlar