"Sport TV" direktori APL translyaciyasi bo'yicha "Futbol TV"ga javob qaytardi
05 avg 2022 14:14
Yangiliklar
"Sport TV" direktori APL translyaciyasi bo'yicha "Futbol TV"ga javob qaytardi
Bundan biroz oldin, "Futbol TV" direktori Oybek Ortiqov APL translyaciyasi haqida yozar ekan, uni sotib olishda "Sport TV"ni sabab qilib ko'rsatdi va uni narxlarni ko'tarib yuborishda aybladi.
O'z navbatida, bunga "Sport TV" direktori Zohid Karimov javob qaytardi.
"APL masalasida turli fikrlar bildirilmoqda. Ochig'i huquq masalasi bozorini tushunmasdan "fatvo" chiqarayotganlar baribir aybdor qidiraveradi. "Sport TV" APLni ko'rsatish bo'yicha savdolarga kirishgani ham yo'q, rejada ham bo'lmagan. Sababi olinganlarini sig'dirish o'zi qiyin. Mendagi malumotlarga ko'ra, APLga egalik qilayotgan Setanta o'zi ko'rsatmoqchi O'zbekiston hududida. SHuning uchun MTRK yoki "Sport" kanalini APL masalasida ayblashda tuxmatdan tiyiling. (Murojaat egasini topadi degan umiddaman). P.S. Biz imkoniyatimizga qarab musobaqalarni olamiz", — deb javob qaytardi u o'z tvitter sahifasida.
Fikrlar