So’nggi yangiliklar

02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  14 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  18 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  2 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  6 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6

“Sport” telekanali futbol bo'yicha U23 Osiyo chempionati uchrashuvlarini namoyish etadi Yangiliklar

“Sport” telekanali futbol bo'yicha U23 Osiyo chempionati uchrashuvlarini namoyish etadi

O'zMTRK “Sport” telekanali futbol bo'yicha U-23 Osiyo chempionati uchrashuvlarini namoyish etadi.

CHempionat uchrashuvlari jonli va yozib olingan translyaciyalar jadvali telekanalning haftalik ko'rsatuvlar dasturiga kiritilgan.

12 yanvardan etiboran har kuni chempionatning kamida ikkita uchrashuvini jonli efirda, boshqa o'yinlarini esa yozib olingan holda namoyish etish rejalashtirilgan. Bazi uchrashuvlar, xususan, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlar takroran namoyish etiladi.


Avvalroq “Sport” telekanali 12 yanvar kuni Qatarda start oladigan futbol bo'yicha U23 Osiyo chempionati uchrashuvlarini translyaciya qilishga tayyorgarlik ko'rayotgani haqida xabar berilgan edi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichi “C” guruhida Janubiy Koreya, Iroq hamda Yaman U23 terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

O'zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo chempionati bahslarini 13 yanvar kuni Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh bosqichidagi ikkinchi o'yinini 16 yanvar kuni Iroq olimpiya terma jamoasiga qarshi o'tkazsa, so'nggi turda Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi olimpiya terma jamoamiz Yamanga qarshi maydonga tushadi.

Oldinroq mazkur OCHda ishtirok etadigan O'zbekiston olimpiya termasining tarkibi elon qilingandi. Terma jamoa musobaqa arafasida so'nggi yig'inni o'tkazish uchun Dubayga jo'nab ketgan.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика