So’nggi yangiliklar

20:13А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  1 19:56​Бразилия Кореяни тор-мор келтирди  4 19:45Уругвай Малайзиядаги илк ўртоқлик ўйинида ғалаба қозонди  3 19:24"Манчестер Юнайтед" Беллингемни қўлга киритишни хоҳлайди, аммо...  1 18:56"У — катта йўқотиш": Старриж "Ливерпул"га етишмаётган футболчини айтди  2 18:28Фабио Каннаваро Ўзбекистон миллий терма жамоасининг Уругвайга қарши ўйин учун қайдномасини эълон қилди: Норчаев чақирилди  42 18:05Ўзбекистон U-16 Саудия Арабистони билан дуранг ўйнади  2 17:48Лапорта "Барселона"ни Суперлига ва УEФА ўртасидаги кўприк деб атади  0 17:23Ўзбекистон U-14 Қозоғистондан устун келди  1 16:50АПЛнинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум  2 16:20"Бунёдкор" стадиони ҳозир қай ҳолатда?  13 15:52"Барселона"нинг "Камп Ноу"га қайтиши нима учун кечикмоқда?  3 15:25АПЛнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси номи эълон қилинди  0 14:59Ўткир Юсупов Австрияда  13 14:39"Кристал Пэлас" Даун синдромли болаларни жамоавий фотосессияга таклиф қилди  1

"Sport maktablari ligasi"da g'olib va sovrindorlar aniqlandi Yangiliklar

"Sport maktablari ligasi"da g'olib va sovrindorlar aniqlandi

Toshkent viloyati futbol associaciyasi tashabbusi bilan 2007 va 2008 yilda tug'ilgan BO'SM va IBO'SM shug'ullanuvchilari o'rtasida futzal bo'yicha o'tkazilgan "Sport maktablari ligasi" o'z yakuniga etdi.

Musobaqaning saralash uchrashuvlari to'rtta mintaqalarda tashkil etildi. Final bahslari esa Qibray tumani bolalar-o'smirlar sport maktabida uyushtirildi. 

Dastlab, 11 mart kuni 2007 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida kechgan o'yinda chinozlik yosh futzalchilar Yuqorichirchiq tuman BO'SM jamoasini 4:3 hisobyuida dog'da qoldirib, bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. SST IBO'SMning Angren shahri jamoasi kuchli uchlikdan joy oldi. 

12 mart kuni esa 2008 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida o'tgan hal qiluvchi bellashuvda SST IBO'SM Olmaliq shahri bo'limi hamda Yuqorichirchiq tuman BO'SM jamoalari o'zaro hisob kitob qilishdi. Unda olmaliqlik yosh kichik futbol ustalari 2:1 hisobida zafar quchishdi. Olmaliq shahar BO'SM esa uchinchi pog'ona bilan kifoyalandi. 

Quyidagilar joriy yilgi “Sport maktablari ligasi”ning eng yaxshilari deb topilishdi:

2007 yil

“Eng yaxshi davozabon” – Abdulloh Abdurahmonov (CHinoz BO'SM)

“Eng yaxshi himoyachi” – SHahriyor Alisherov (Oqqo'rg'on BO'SM)

“Eng yaxshi hujumchi” – Asilbek Qo'ldoshev (SST IBO'SM Angren shahar bo'limi)

“Eng yaxshi o'yinchi” – Bahrom Xaytmatov (Yuqorichirchiq BO'SM)

“Eng chiroyli gol muallifi” – Abdulaziz Ahmadjonov (Oqqo'rg'on BO'SM)

“Eng yaxshi murabbiy” – Evgeniy Grigorevich Ten (Yuqorichirchiq BO'SM)

2008 yil

“Eng yaxshi davozabon” – Aziz Alimboev (Yuqorichirchiq BO'SM)

“Eng yaxshi himoyachi” – Rustam CHoriev (CHirchiq shahar BO'SM)

“Eng yaxshi xujumchi” – Aziz Abdunabiev (Olmaliq shahar BO'SM)

 “Eng yaxshi murabbiy” – Dilshod Habibullaev (SST IBO'SM Olmaliq shahar bo'limi)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика