"Speciya"ni Moskvaning "Lokomotiv"i bosh murabbiyi boshqarishi mumkin
04 okt 2021 23:31
Yangiliklar
"Speciya"ni Moskvaning "Lokomotiv"i bosh murabbiyi boshqarishi mumkin
Moskvaning "Lokomotiv"i bosh murabbiyi Marko Nikolich "Speciya" boshqaruvini qo'liga olishi mumkin.
"Match TV" xabariga ko'ra, Italiya klubi jamoani boshqarayotgan Tyago Mottaning faoliyatidan mamnun emas va ular uni istefoga chiqarib yubormoqchi. Bu borada klubdagilar Nikolich bilan aloqaga chiqishgan va uning "Speciya"da ish boshlashini taklif qilgan.
42 yoshli murabbiyga "Speciya"ni boshqarishi uchun 3 million evro beriladi. O'z navbatida "Speciya" Moskva klubiga tovon pulini ham to'laydi.
"Speciya" ayni damda A Seriyaning 19-pog'onasini, "Lokomotiv" esa RPLning 4-pog'onasini egallab turibdi.
Fikrlar