"Spartak" "Tottenxem" futbolchisini xarid qilmoqchi
20 sen 2020 23:17
Yangiliklar


"Spartak" "Tottenxem" futbolchisini xarid qilmoqchi
Moskvaning "Spartak" klubi mutasaddilari transfer bozori yopilishidan oldin "Tottenxem" himoyachisi Serj Ore bilan shartnoma imzolashga umid qilyapti.
Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar tarqatdi. Moskvalariklar rahbariyati "shporlar" bilan Orening transferi borasida kelishuvga erisha olishiga ishonadi. Avvalroq ivuarlik futbolchiga "Milan" qiziqish bildirgan, ammo jamoalar transfer shartlarini kelisha olishmagan edi.
Eslatib o'tamiz, Serj Orening "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U London jamoasi tarkibiga 2017 yilda PSJdan 25 million evro evaziga kelib qo'shilgan edi. APLning o'tgan mavsumida 33 o'yin o'tkazgan fulbek 1 gol, 5 ta samarali uzatmani amalga oshirgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar