So’nggi yangiliklar

01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  0 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  7 22:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  21 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  0 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  58 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  24 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  10 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  19

“Spartak” - ochiq birinchilik g'olibi Yangiliklar

“Spartak” - ochiq birinchilik g'olibi

Teglar :  Xorazm viloyati
Mamlakatimizda aholining turli qatlami, xususan, yoshlarni ommaviy sport turlariga keng jalb qilish, ularni jismonan va manan barkamol ruhda voyaga etishini taminlash maqsadida izchil islohotlar olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni bu borada dasturilamal vazifasini o'tayotir.
O'zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi boshqaruvi hamda Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi hamkorligida futbol bo'yicha o'tkazilgan ochiq birinchilik ham ana shu ezgu ishlar samarasidir.

Binobarin, 2021 yil – “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”ga bag'ishlab Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi va 1-son futbol mahorati maktabi stadionida uyushtirilgan mazkur musobaqada Xorazm va Buxoro viloyatlarining 2007 - 2008 yillarda tug'ilgan yosh “charm to'p” o'yini ustalaridan tashkil topgan 14 ta jamoa bahs yuritdi.

Uchinchi o'rin uchun bo'lib o'tgan o'yinda Urganch shahrining “Dinamo” va Gurlan tumanining “Gurlan-24” jamoalari o'zaro kuch sinashdi. Bu uchrashuvda viloyat markazining yosh futbolchilari 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Final bellashuvida “Gurlan” (Gurlan tumani) va Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining “Spartak” jamoalari maydonga tushishdi. Qiziqarli lahzalarga boy kechgan ushbu o'yinda sport maktabi tarbiyalanuvchilari 4:2 hisobida zafar quchib, ochiq birinchilik g'olibiga aylanishdi.

Musobaqaning yopilish marosimida g'olib va sovrindor jamoalarning futbolchilari, shuningdek, eng yaxshi o'yinchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar. 




Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика