"Spartak" niderlandiyalik futbolchining transferini elon qildi
17 jan 2021 00:06
Yangiliklar


"Spartak" niderlandiyalik futbolchining transferini elon qildi
Moskvaning "Spartak" klubi matbuot xizmati PSV yarim himoyachisi Yorrit Xendriksning transferini elon qildi.
Futbolchi "Spartak" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Hozircha bitimning tafsilotlari ochiqlanmadi.
Xendrik tez orada Dubayda yig'in o'tkazayotgan asosiy jamoa tarkibiga borib qishiladi.
Oldinroq yarim himoyachi moskvaliklar bilan 3,5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolashi va yiliga 1,2 mln evro maosh olishi to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.
Xendriks PSV tarkibiga 2013 yilda qo'shilgan. U Eyndxoven jamoasi uchun 239 o'yin o'tkazgan: 8 gol, 17 assist, 27 sariq va 2 ta qizil kartochka.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar