So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  17 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  2 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  18 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  17 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

RPL. Oston debyut qilgan bahsda "Spartak" g'alabaga erishdi va jadvalda birinchi o'ringa chiqib oldi Yangiliklar

RPL. Oston debyut qilgan bahsda "Spartak" g'alabaga erishdi va jadvalda birinchi o'ringa chiqib oldi

"Spartak" hamda "Arsenal" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 6-tur uchrashuvi voqealarini shu sahifada kuzatib boring.

Spartak Moscow

Aleksandr Sobolev - 41', Samuel Gigot - 45'

Premier League . 6-tur

29/08/2020, 20:00

1
:
2
Tugadi

Arsenal Tula

Daniil Khlusevich - 36'

Stadion: Otkrytiye Arena

45'
90'
41'  Aleksandr Sobolev
41'  Zelimkhan Bakaev
45'  Samuel Gigot
45'  Jordan Larsson
57'  Zelimkhan Bakaev (Guus Til)
69'  Guus Til (Oston Urunov)
69'  Nail Umyarov (Andrei Eshchenko)
71'  Samuel Gigot
88'  Jordan Larsson (Reziuan Mirzov)
13'  Daniil Lesovoy
30'  Artem Sokol
36'  Daniil Khlusevich
36'  Evans Kangwa
42'  Vladislav Panteleev
45'  Daniil Lesovoy
69'  Vladislav Panteleev (Igor Gorbatenko)
69'  Evans Kangwa (Lameck Banda)
78'  Georgi Kostadinov (Sergey Tkachev)
78'  Kings Kangwa (Goran Causic)
84'  Daniil Khlusevich (Aleksandr Dovbnya)
90'  Goran Causic


"Spartak" – "Arsenal" Tula 2:1

"Otkrytie Arena"

Gollar: 0:1 – 36 Xlusevich, 1:1 – 41 Sobolev, 2:1 – 45 Jigo.

"Spartak" – Maksimenko, Maslov, Ayrton, Jigo, Djikiya, Zobnin, Umyarov (Eshhenko, 69), Bakaev (Til, 57; O'runov, 69), Kral, Larsson (Mirzov, 88), Sobolev.

"Arsenal" Tula – Nigmatullin, Burlak, Sokol, Bauer, Kangva (CHaushich, 78), Panteleev (Gorbatenko, 68), Kostadinov (Tkachev, 78), Gromyko, Lesovoy, Kangva (Banda, 68), Xlusevich (Dovbnya, 84).

Ogohlantirishlar: Lesovoy (13), Sokol (30), Panteleev (42), Jigo (71), CHaushich (90).

CHetlatish: Lesovoy (45).



ROSSIYA PREMER-LIGASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLARI BILAN TANISHING.


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. Oston burchakda to'pni qabul qildi, ammo Ronaldinoning fintini ijro etishda xatoga yo'l qo'ydi va to'pni oldirdi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

"Spartak"ning Instagramdagi sahifasi Ostonni debyut bilan qutladi. O'runov ham baxtli

85. Oston katta tezlikda oldinga yugurib, "Spartak"ning tezkor hujumini boshlab berdi, ammo to'pni qabul qilgan Larsson hech kimga pas bermay hujum tempini tushirib yubordi. SHunga qaramay u hujumni zarba bilan yakunladi, posbon seyv ijro etdi. Burchak zarbasiz.

83. Oston markazga yaqin hududda ikki futbolchini aldab, "Spartak" hujumini boshlab berdi. Xlusevich esa hujumni to'xtatdi va sariq kartochka bilan jazolandi.

79. Kral chap qanotda ikki himoyachini aldab, to'pni erlatib raqib jarima maydonchasiga tashladi, ammo uzatma "Arsenal" futbolchilariga tushdi va vaziyat bartaraf etildi.

76. O'runov ishga kirishdi va raqib jarima maydonchasi chizig'i ustida "Arsenal" futbolchilarini aldashga kirishib ketdi. Biroq vaziyat zarba bilan yakunlanmadi.

74. Ayrton raqib jarima maydonchasida yiqildi, ammo hakam penalti nuqtasini ko'rsatmadi. Takroriy lavhada Ayrton simulyaciya ishlatgani malum bo'ldi.

72. Hozircha Oston to'pni o'zida ko'p saqlab tura olmayapti. Tushunamiz, debyut. Ammo tez orada jamoaga ko'nikib ketadi deb umid qilamiz.

71. Sariq kartochka. Jigo raqib qarshi hujumini qo'pollik bilan to'xtatdi.

68. O'ZGARISH: Til o'rniga OSTON O'RUNOV o'yinga qo'shildi.

66. Til uchrashuvni davom ettira olmaydigan bo'ldi, uning o'rnini Oston egallaydi.

64. XUSHXABAR! Moskvadagi vakilimizning so'zlariga ko'ra, OSTON O'RUNOV maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

63. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Til oyog'ini ushlab yotibdi. SHifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

57. Til to'pni raqib jarima maydonchasi chichida qabul qilib oldi, ammo pas berishda xatoga yo'l qo'ydi.

54. "Arsenal" futbolchisi Kangva katta tezlikda hujumga o'tdi, ammo uni yiqitishdi, biroq hakam qoida buzilmaganini ko'rsatdi.

48. Hozircha hech qanday o'zgarish bo'lgani yo'q, Oston haqida xushxabar kutamiz.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

48. GOOOL! "Spartak" taymni g'alaba bilan yakunlamoqda. Jigo standartdan uzatib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga joyladi. Hakam VARga murojaat qilib, ofsayd bormi-yo'qmi surishtirmoqda.

45. Qizil kartochka. "Arsenal" bir kishi kam bo'lib qoldi. Lesovoy uchrashuvdagi ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi.

42. Oston O'runovning maydonga tushish ehtimoli katta yoki kichik deya olmaymiz, ammo "Otkrytie Arena"dagi saytimiz vakili Gayrat Xasbiulin suratlariga ko'ra, Oston O'runov chigalyozdi mashqlarini boshlab yuborgan.

41. GOOOL! SOBOLEEEV! Aleksandr jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va qarshisidagi bir himoyachini oldinga o'tkazib, darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi va hisobni tenglashtirdi. 1:1.

39. Goldan so'ng "Spartak" biroz dovdirab qoldi. Mezbonlar raqib maydonida hujum uyushtirish o'rniga noaniq paslar berishyapti.

36. GOL! "Arsenal" hisobni ochdi. Qanotdan uzatilgan to'pni Xlusevich boshi bilan darvozaga to'g'irladi. 0:1

25. "Spartak" raqib jarima maydoni oldida standart vaziyat ishlab oldi. Biroq "16likka" uzatilgan to'pni "Arsenal" darvozaboni Nigmatullin egallab oldi.

20. Dastlabki 20 daqiqa ichida "Spartak" raqibidan faolroq bo'ldi.

15. Bugungi bahsga "Spartak" fan-klubi kiritilmadi. Ular "Lokomotiv"ga qarshi bahsda darvozabon Gilermeni irqchilik ruhidagi so'zlar bilan haqorat qilgani uchun jazolanishgan.

14. Larssonning zarbasidan so'ng to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

13. Sariq kartochka. Lesovoy to'p uchun kurashda oyog'i bilan raqibning boshiga zarba berib yubordi. "Spartak" hisobni ochish uchun qulay imkoniyatga ega bo'ldi.

8. Bakaev raqib himoyasini kesuvchi pasi orqali Ayrtonni "Arsenal" darvozboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarishga urindi, ammo mehmon jamoa himoyachisi bunga yo'l qo'ymadi.

2. "Spartak" uchrashuvni xavfli hujum bilan boshladi. Jikiya burchakdan uzatib berilgan to'pni darvozaga joylashga urindi, ammo to'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

1. O'yin boshlandi!

- Bahs Toshkent vaqti bilan 20:10da boshlanadi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Spartak – Arsenal Tula

20.00, «Otkrytie Arena»

«Spartak»: Maksimenko, Djikiya, Maslov, Jigo, Ayrton, Zobnin, Bakaev, Umyarov, Kral, Sobolev, Larsson.

Zaxiradagilar: Rebrov, Akmurzin, Eshhenko, Kutepov, Rasskazov, Gaponov, Golosov, Mirzov, Markitesov, Til, O'runov, Glushenkov.

«Arsenal»: Nigmatullin, Burlak, Sokol, Bauer, Panteleev, Lesovoy, Kangva, Xlusevich, Kostadinov, Kangva, Gromyko.

Zaxiradagilar: Levashov, SHamov, D. Kombarov, Xagush, Dovbnya, Gorbatenko, Tkachev, CHaushich, Banda, Adjoev, Minaev.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика