“Spartak”: “A Seriyada omad, Sasha”
21 jan 2021 19:50
Yangiliklar


“Spartak”: “A Seriyada omad, Sasha”
Moskvaliklar jamoa hujumchisi Aleksandr Kokorin “Fiorentina”ga o'tayotganini rasman elon qildi.
Avvalroq, Kokorin tez orada tibbiy ko'rikdan o'tib, yangi jamoasi bilan shartnoma imzolashini aytgandi.
“Spartak” va “Fiorentina” Aleksandr Kokorinning transferi masalasida kelishuvga erishdi. A Seriyada omad, Sasha”, deya yozilgan klub xabarida.
29 yoshli hujumchi faoliyati davomida “Spartak”dan tashqari, “Dinamo” (Moskva), “Anji, “Zenit” va “Sochi” kabi klublar sharafini himoya qilgan. U "Fiorentina" bilan 3,5 yillik shartnoma imzolashi aytilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar