Spalletti "Yuve" bilan uchrashuvdagi Xvichaning o'yini haqida gapirdi
14 jan 2023 14:45
Yangiliklar


Spalletti "Yuve" bilan uchrashuvdagi Xvichaning o'yini haqida gapirdi
"Napoli" ustozi Luchano Spalletti "Yuventus"ga qarshi o'yindan keyin (5:1) shogirdi Xvichani maqtadi.
"Kvaracxeliya dunyoning eng kuchli o'yinchilariga xos texnikaga ega.
Unda o'ziga xos golni sezish qobiliyati bor. U har doim darvozabonlarga juda qiyin bo'lgan noaniq echimlarni o'ylab topadi. U har tomonlama yaxshi o'yinchi", – dedi Neapol klubi bosh murabbiyi.
Xvicha "Yuventus" bilan o'yinda 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
21 yoshli futbolchi joriy mavsum "Napoli" uchun jami 20 ta o'yinda maydonga tushdi va 9 ta gol urib, 10 ta golga hammualliflik qildi.
"Napoli" ayni paytda Italiya A Seriyasi turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Ulardan bitta kam o'yin o'tkazgan "Milan" 10 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar