Spaletti "Roma"da ishlaydi, shartnoma kelasi hafta imzolanadi
19 dek 2015 10:10
Yangiliklar
Spaletti "Roma"da ishlaydi, shartnoma kelasi hafta imzolanadi
"Zenit" sobiq bosh murabbiyi Luchano Spaletti tez orada "Roma" ustoziga aylanadi.
Malumotlarga ko'ra, mutaxassis bilan 18 oylik shartnoma shartlari kelishib olingan. Tahminlarga ko'ra, 22 dekabr kuni murabbiy bilan bitim tuzilgani haqida rasman elon qilinadi.
SHunday qilib "Jenoa"ga qarshi A Seriyaning 17-tur uchrashuvi Rudi Garsiyaning rimliklar murabbiyi safidagi so'nggi bahsi bo'ladi. Rahbariyat jamoaning joriy mavsumdagi o'yini va natijasidan norozi. Ushbu haftada "bo'rilar" "Speciya"ga qarshi bahsda penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, Italiya Kubogidan chiqib ketdi.
Spaletti 2005 yildan 2009 yilgacha "Roma"da ishlagan. U boshqargan "Roma" uch marotaba Italiya vice-chempioni bo'lib, Italiya Kubogida 2 marta, mamlakat Superkubogida 1 marta zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar