So’nggi yangiliklar

10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  1 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  1 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  3 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  6 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  19 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  5 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2

So'nggi o'n yillikning eng yaxshi bepul transferlari TOP-7 Yangiliklar

So'nggi o'n yillikning eng yaxshi bepul transferlari TOP-7

Zamonaviy futbolda erkin agent maqomida bo'lgan o'yinchi bilan shartnoma imzolash, katta byudjetga ega bo'lmagan o'rtamiyona jamoalarning boyroq raqib jamoalar bilan raqobatlashishga majbur qiladigan imkoniyatlardan biridir.

Zamonaviy futbolda erkin agent maqomida bo'lgan o'yinchi bilan shartnoma imzolash, katta byudjetga ega bo'lmagan o'rtamiyona jamoalarning boyroq raqib jamoalar bilan raqobatlashishga majbur qiladigan imkoniyatlardan biridir. Klubga tekinga tushgan futbolchi ertaga klubga katta foyda olib kelishi ham mumkin. Bunday siyosat Evropa qitasidagi o'nlab klublarga xos odat sanaladi.

Xullas, bugun biz maqolamizda, o'zimizning nuqtayi nazarimizga ko'ra tuzilgan, 2010-yildan to hozirgacha amalga oshirilgan eng yaxshi bepul bitimlar va “asr transferi” haqida eslab o'tamiz.

7. Esteban Kambyasso
Argentinalik yarim himoyachi, ehtimol kimgadir bizning reytingimizdagi o'ta noaniq va g'alati tanlovga o'xshab ko'rinishi mumkin, ammo u 2015/16 yilgi mavsumda "Lester"ning sensacion chempionligida muhim rol o'ynagan. Kambyasso haqiqatan ham atigi bir yil - 2014/15 yilgi mavsumni "tulkilar" lagerida o'tkazdi. Esteban "Lester"ga "Inter"dagi o'n yillik faoliyatidan so'ng erkin agent sifatida qo'shildi. Kambyasso Angliya Premer-ligasida mavsum davomida 31ta o'yin o'tkazdi (5ta gol, 1ta uzatma) va kelasi yili "Lester"ga elitada qolish huquqini saqlab qolishda yordam berdi. Yozda Esteban "tulkilar"ni tark etdi, jamoa bir yil o'tgach fantastik g'alabaga erishdi yani Premer-ligani yutdi.
2015 yilning yozida Kambyasso erkin agent sifatida "Lester"dan "Olimpiakos"ga o'tdi. Esteban 2017 yil iyulida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Undan oldin ikki karra Greciya chempioni bo'lishga ulgurdi. Nima bo'lgan taqdirda, uning "Lester"ga o'tishi va ushbu jamoa uchun kerakli vaqtda o'ynagan roli sababli argentinalik so'nggi o'n yillikning eng yaxshi bepul transferlari ro'yxatiga kirishga loyiqdek tuyuldi.



6. Raul
2010 yilda "Real" afsonasi Raul Gonsales Blanko, yoshi va o'sib borayotgan raqobat tufayli, endi o'z jonajon klubiga ilgarigidek foyda bera olmasligini tushundi. SHu bilan birga, hujumchi faoliyatini darhol tugatishni istamadi. SHuning uchun Germaniyaga, erkin agent sifatida "SHalke"ga ko'chib o'tdi. 2009/10 yilgi chempionatda chempionlik unvoni uchun kurash olib borgan Gelzenkirxen klubi keyingi mavsumda jiddiy muammolarga duch keldi va faqatgina 14-o'rinni egalladi. Raul jamoaning eng yaxshi to'purari bo'ldi va 13ta gol urdi. Agar u bo'lmaganida Germaniyaning amaldagi vice-chempioni Ikkinchi Bundesligaga sho'ng'ishiga guvoh bo'lishimiz mumkin bo'lardi...

Ammo 2010/11 yilgi mavsumda "SHalke" kuboksiz qolmadi - jamoa Germaniya kubogini yutdi va bir necha oydan keyin mamlakat Superkubogi uchun kurashda Dortmundning "Borussiya"sini mag'lub etdi. Raul "SHalke"da ikki mavsum o'tkazdi va ketishidan oldin u jamoaning yuqori darajaga ko'tarilishiga yordam berdi - 2011/12 yilda klub bilan uchinchi o'rinni egalladi. Raul "SHalke"dan keyin Qatarga, "Al-Sadd"da o'ynash uchun jo'nadi (erkin agent sifatida) va ushbu jamoa bilan mamlakat chempioniga aylandi, uch yildan so'ng Amerikaning "Nyu-York Kosmos" klubida ham SHimoliy Amerika Futbol Ligasi(NASL)ni yutdi. Ushbu sovrin Raulning qoyilmaqom faoliyatidagi so'nggi yutug'i bo'ldi. Hozir ispaniyalik "o'z uyida" ishlayapti va "Real Madrid Kastilya"ni boshqarmoqda.



5. Miroslav Kloze
2011 yilning yozida, "Bavariya"dagi to'rt yildan so'ng (150ta o'yin, 53ta gol va 27ta golli pas) Miroslav Kloze vaziyatni o'zgartirishga qaror qildi. 33 yoshga to'lishi arafasida, ko'pchilik muxlislar va mutaxassislar Klozening eng yaxshi yillari ortda qolganini shama qilayotganlarida, u qo'shimcha pul topish uchun ekzotik mamlakatga bormaslikka qaror qildi va "Lacio" bilan shartnoma imzoladi. Natijada, Miroslav Rimda besh yilini o'tkazdi, uzoq vaqt yuqori darajada to'p tepib, jamoasi uchun haqiqatan ham foydali o'yinchi bo'ldi. Kloze "burgutlar" uchun "Bavariya"ga nisbatan ko'proq o'yin o'tkazib, ko'proq gol urdi: 171 uchrashuv, 63 gol va 35 assist.

Kloze "Lacio"da qo'lga kiritgan yagona sovrin - 2012/13 yilgi Italiya kubogi bo'ldi. Klub rahbariyatining 2011 yildagi Klozeni jamoaga taklif qilish qarori so'nggi o'n yillikdagi eng yaxshi va muvaffaqiyatli yurishlardan biri bo'ldi. Miroslav 2016 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylikka o'tdi. Dastlab u Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabida mehnat qildi, 2018 yilning yozidan beri esa "Bavariya" U-17 jamoasida murabbiy bo'lib ishlab kelmoqda.



4. Xavi
2015 yilning yozida "Barselona"ning eng afsonaviy futbolchilaridan biri Xavi Ernandes o'z jamoasi bilan xayrlashishga qaror qildi. Ammo ajoyib xavbek o'z faoliyatini yakunlamay, Qatarning "Al-Sadd" klubiga erkin agent sifatida o'tishga rozi bo'ldi, jamoa Xavi bilan murabbiylar shtabida ishlash imkoniyati bilan 3 yillik shartnoma tuzdi. 2018/19 mavsumda u jamoa bilan Qatar chempionatida g'olib chiqdi, shundan so'ng futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi va bosh murabbiy lavozimini egalladi.
Qatarda jadal rivojlanayotgan futbol voqeligini va ushbu mamlakatda navbatdagi Jahon chempionati o'tkazilishini hisobga olgan holda, Xavi mamlakat futbolini ommalashtirishda muhim rol o'ynadi, shuningdek, jamoasini o'yin borasida Qatardagi birinchi raqamli jamoaga aylantirdi. Kelajakda Xavi Ernandesni "Barselona" kutmoqda, ammo afsona bu borada shoshilmoqchi emas.



3. Jeyms Milner
Tasavvur qilish qiyin, ammo 2015 yilda "Liverpul" "Manchester Siti"ning markaziy yarim himoyachisi Jeyms Milnerni bepul qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. CHunki, yarim himoyachi va "shaharliklar" o'rtasidagi kelishuv muddati tugagandi. Milner "Liverpul"da o'z o'rniga ega bo'ldi hamda "qizillar"ning ajralmas qismi bo'lib kelmoqda. Hatto 34 yoshida ham ulkan ish qobiliyatiga ega fantastik futbolchi hozirda Yurgen Klopp jamoasining muhim o'yinchilaridan biri hisoblanadi.

Milner "Liverpul"da 205 o'yin o'tkazishga ulgurdi ("Manchester Siti" uchun - 203ta). 2019 yilda "qizillar" va Jeyms CHempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini yutishdi, bu Milnerga o'zining shaxsiy sovrinlar to'plamini sezilarli darajada ko'paytirib olishiga imkon berdi. Qizig'i shundaki, futbol meyorlaridan ortiqroq yoshga to'lganiga qaramay, "Liverpul" o'tgan yilning dekabr oyi o'rtalarida Milner bilan shartnomani 2022 yil yozigacha uzaytirdi - ular Jeymsga ishonishda davom etishmoqda!



2. Andrea Pirlo
2011 yil yozida "Milan" Andrea Pirloga erkin agent sifatida klubni tark etishiga ruxsat bergan. G'alati shunday emasmi? Andrea 32 yoshida "Yuventus"ga erkin agent sifatida ko'chib o'tgan va u erda to'rt ajoyib mavsumni o'tkazib, o'zining daho ekanligini butun futbol olamiga namoyish etgan.

Bir paytlar Janluiji Buffon Pirloning "Yuventus"ga o'tganini "asr transferi" deb ataganligi bejiz emas. Andrea Turinda o'tkazgan to'rt mavsumida "Yuve" to'rtta chempionlik unvoniga sazovor bo'lgan, shu vaqt ichida "Milan" atigi ikki marta mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlashga muvaffaq bo'lgan. Pirlo futbolchilik faoliyatini AQSHda - "Nyu-York Siti" safida yakunladi. Uning "ertagi" ham chiroyli, ham munosib yakunlandi.




1. Robert Levandovski
Agar Pirloning "Milan"dan "Yuventus"ga o'tganini «asr transferii» deb atash mumkin bo'lsa, unda Robert Levandovskining 2014 yil yozida Dortmundning "Borussiya" klubidan Myunxenning "Bavariya"siga transferini bemalol "asr o'g'riligi" deya takidlash mumkin, albatta, yaxshi manoda. Germaniyaning eng mashhur klubi, top darajadagi hujumchini "qora-sariqlar" bilan yangi shartnoma tuzmaslikka ishontirib, raqibdan mutlaqo bepul "olib qo'yish"ga muvaffaq bo'ldi. Zamonaviy voqelikda bunday shartnoma klubga kamida 100-150 million evroga tushadi, ammo "Bavariya" hatto Germaniya ichki transfer bozorida ham o'z darajasini namoyish qila oldi.

O'shandan beri Levandovski "Bavariya" safida 268ta uchrashuvda maydonga tushib, 222ta gol va 49ta golli uzatmani amalga oshirdi. Evropa futbol klubida bepulga kelgan o'yinchi bitta o'yinda bittadan ko'p gol urishga qodir - bu mutlaq fantastika! Bunga oddiy qarash kerakligini Robert Levandovski allaqachon "Bavariya" va butun Germaniya futbol muxlislariga "o'rgatib bo'lgan".



SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика