So’nggi yangiliklar

22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  10 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9

So'nggi ilinj yoxud yarador sherlar to'qnashuvi Yangiliklar

So'nggi ilinj yoxud yarador sherlar to'qnashuvi

Bugun CHempionlar Ligasi nimchorak final bosqichi doirasida Liverpul Enfildda amaldagi champion “Real Madrid”ni qabul qiladi.


Ushrashuvga tariflar ko'p CHempionlar Ligasi klasikosi, gigantlar to'qnashuvi, azaliy raqiblar janggi... Men bu o'yinga biroz boshqacharoq tarif bergan bo'lardim.

Yarador sherlar to'qnashuvi.


Joriy mavsumda ikkala tomon ham milliy chempionatda muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Klopp jamoasi ayni paytda APL turnir jadvalida 8 chi pog'onada joylashgan bo'lsa, madridliklar LaLiga chempionlik poygasida azaliy raqib «Barselona»ni 8 ochkoga oldinga qo'yib yuborishgan. 8 ochko va 8 chi o'rin, shu erda ham o'xshashlik bora. Joriy mavsum «Real» ham «Liverpul» ham muammolar girdobiga kirib qoldi. Tarkib asosini tashkil qilgan futbolchilarning yoshi o'tishi, avlodlar almashinuvi ikki tomonda ham qiyin kechmoqda. Jarohatlar masalasida ham o'xshashlik. Mezbonlardan, Tiago Alkantara, Luis Dias aniq o'ynamaydi, shuningdek Darvin Nunez va Ibrahim Konatelarning ham maydonga tushish ehtimoli past (ularda ham jarohat) Van Deyk va Jota yaqinda jarohatdan qutilib chiqdi. Madridliklarda Tchuameni, Toni Kroos, Ferlan Mendy jarohat sabab qaydnomaga kiritilmagan bo'lsa, Karim Benzema reabilitaciyadan endi qaytdi.

So'nggi ilinj.


Joriy mavsum Anchelotti xususida ham Klopp haqida ham istefoga oid xabarlar bot-bot chiqib turdi. Nima uchunligini yuqorida aytib o'tdik. Milliy chempionatlardagi muvaffaqiyatsizlik sabab, asosiy fokus CHempionlar Ligasiga qaratilganligi tabiiy. Bu borada rahbariyat tomonidan murabbiylarga shartlar va talablar qo'yilgandir ehtimol. Jamoalarning YCHLdagi ishtiroki murabbiylarning keyingi faoliyatini belgilab bersa ajabmas. SHu tomondan intriga yuqori. Ko'ramiz va kuzatamiz. Anchelotti yoki Klopp qaysi murabbiy jamoasidagi kemtiklarni berkita oladi, qay biri aql jangida g'olib bo'ladi.

Bonus.


Kurash allaqachon boshlanib bo'ldi, tungi soat 2 larda mersisaydlik muxlislar “Real Madrid” joylashgan mehmonxona oldida mushakbozlik uyushtirishgan. Ular qanchalik maqsadlariga etishdi, o'yindan so'ng bilib olamiz.  

 

Jaloliddin Xalilov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика