So’nggi yangiliklar

13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  0 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  12 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  10 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  4 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  12 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   2 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  2 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  0 09:03Бразилиянинг машҳур жамоаси уй стадионининг номини Марсело шарафига ўзгартирди  4 08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  2 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  1 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  5 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  2

So'nggi 5 yilda narxi juda arzonlashgan 10 futbolchi. Ro'yxatda Ronaldu ham bor Yangiliklar

So'nggi 5 yilda narxi juda arzonlashgan 10 futbolchi. Ro'yxatda Ronaldu ham bor

Vaqt hech kimni ayamaydi va futbolchilar bundan istisno emas.

Bazilar yildan-yilga faoliyatini yakunlashga yaqinlashib bormoqda, boshqalar esa yosh bo'lishiga qaramay kutilgan o'yinni ko'rsata olmayapti. Etiboringizga so'nggi 5 yil ichida transfer narxi juda arzonlashgan 10 futbolchini taqdim etamiz.


10. Vensan Kompani

Yosh: 33

Hozirgi klubi: "Anderlext"

2015 yildagi narxi: 33 mln. evro

Hozirgi narxi: 5 mln. evro


Buyuk sardor Vensan Kompani "Manchester Siti"da faoliyatining 11 yilini o'tkazdi. Uning karerasi davomida ko'plab parvoz va qulashlar bo'ldi: Belgiyalik sardorlik bog'ichiga ega bo'ldi, ko'plab sovrinlar yutdi, muvaffaqiyatsizlik deb himoyachining 4ta jiddiy jarohatini aytish mumkin. 2015 yildan boshlab unda shikastlanishlar seriyasi boshlandi. Kompani jarohatsiz o'tkazgan mavsumlarni bir qo'ldagi barmoqlar bilan sanash mumkin.


Kompani 2019 yilning bahorida ajoyib zarba bilan "Lester Siti" darvozasini ishg'ol qildi. Bu gol "shaharliklar"ga liga yakunlanishidan bir tur avval chempion bo'lish imkonini berdi.


Vensan Kompani o'sha yilning o'zidayoq klubdan ketishini elon qildi. Belgiyalik o'ynovchi murabbiy sifatida "Anderlext"ga qaytdi. U joriy mavsum Belgiya chempionatining 10ta uchrashuvida ishtirok etdi.


So'nggi 5 yildagi muvaffaqiyatlari: Angliya chemioni 2017/18, 2018/19; Angliya Kubogi 2019; Angliya Superkubogi; Angliya liga Kubogi 2015/16, 2017/18, 2018/19.


9. Mario Gyotce

Yosh: 27

Hozirgi klubi: "Borussiya" D

2015 yildagi narxi: 50 mln. evro

Hozirgi narxi: 18 mln. evro


Mario Gyotce Dortmundning "Borussiya"sidan azaliy raqib safiga o'tdi. "Bavariya" "arilar"ga 37 mln. evro to'lab, Gyotce bilan shartnoma imzoladi. Germaniyalik nemis grandidagi ilk mavsumidan boshlab asosiy tarkibda o'ynashga muvafaq bo'ldi. Mario debyut mavsumida klub safida 10ta gol urdi.


2014/15 mavsum omadsiz boshlandi, Gyotce "Bavariya" bilan Superkubokda "Borussiya"ga mag'lub bo'ldi. Mario jamoa safida barqaror o'yin ko'rsatishda davom etdi. Mavsum yakuni futbolchi uchun yoqimsiz bo'ldi. Klub rahbarlari Gyotce o'yinini tanqid qilishdi, bosh murabbiy ham o'yinchining harakatlaridan ko'ngli to'lmadi. Natijada, kelasi mavsum u asosiy tarkibdagi o'rnidan ayrildi, keyin esa "Borussiya"ga qaytib ketdi.


Mario hozir Dortmund klubi safida to'p tepmoqda. Favr Gyotcega ishonmayapti, shu sababli 27 yoshli futbolchi asosiy tarkibda ko'rinish bermayapti. Marioning narxi pasayishda davom etsa kerak.


So'nggi 5 yildagi muvaffaqiyatlari: Germaniya chempioni 2014/15, 2015/16; Germaniya Kubogi 2015/16, 2016/17; Germaniya Superkubogi.


8. Arda Turan

Yosh: 33

Hozirgi klubi: "Barselona"

2015 yildagi narxi: 35 mln. evro

Hozirgi narxi: 800 ming evro


Arda Turan mehnatsevarligi evaziga yulduzga aylandi. U "Atletiko" safidagi bahslarda bor kuchini ishga solardi. Turkiyalik maydonning har bir santimetri uchun kurashgan. Simeonega jangchilar kerak, Arda esa shundaylardan biri bo'lgan.


2014/15 mavsum "Atletiko" uchun esda qolarli bo'lmadi. Jamoa chempionlikni himoya qila olmadi, ammo bazi futbolchilar mavsum davomida ajralib turdi. Ularning orasida Ardu Turan bor edi. Omadli mavsum va barqaror o'yin tufayli turkiyalik "Barselona"ga o'tdi.


Ayni damda Turanning karerasida katta omadsizliklar kuzatilmoqda. U so'nggi bir necha mavsumni Turkiyaning "Bashakshexir" klubi safida o'tkazdi. Oxirgi ikki yilda Arda atrofida ko'plab mojarolar sodir bo'ldi, kuzda esa klubdagi mushtlashuv uchun unga shartli qamoq jazosi tayinlandi. "Barselona" unga yangi klub topib bermoqchi.


So'nggi 5 yildagi muvaffaqiyatlari: LaLiga chempioni 2015/16, 2016/17, 2017/18; Ispaniya Superkubogi 2016.


7. Xalk

Yosh: 33

Hozirgi klubi: "SHanxay SIPG"

2015 yildagi narxi: 45 mln. evro

Hozirgi narxi: 8,5 mln. evro


Xalk "Zenit"da klubning etakchilaridan biri bo'lgan. Braziliyalik ko'p gol urar, golli paslar berar va raqiblariga jiddiy qarshilik ko'rsatar edi. Xalk nafaqat Rossiya chempionati, balki evrokuboklarda ham muvaffaqiyatli o'yin namoyish etgan.


2014/15 mavsumda u "Zenit"ga chempion bo'lishda yordam berdi va Rossiya chempionatining eng yaxshi to'purari sovrinini qo'lga kiritdi.


2016 yilning yozida "SHanxay SIPG" 56 mln. evro evaziga "Zenit"dan Xalkni sotib oldi. Braziliyalik hozirgacha har mavsum 10tadan kam gol urmayapti. Ushbu klubda u bilan birga Odil Ahmedov, Oskar va Marko Arnautovich to'p tepmoqda.


So'nggi 5 yildagi muvaffaqiyatlari: Rossiya chempioni 2014/15; Rossiya Kubogi 2015/16; Rossiya Superkubogi 2015; Xitoy chempioni 2018; Xitoy Superkubogi.


6. Radamel Falkao

Yosh: 33

Hozirgi klubi: "Galatasaroy"

2015 yildagi narxi: 45 mln. evro

Hozirgi narxi: 6 mln. evro


Falkao 2014 yil yozgi transfer oynasining so'nggi kunida ijara asosida "Monako"dan "Manchester Yunayted"ga o'tdi. 2014/15 mavsum kolumbiyalik uchun og'ir o'tdi. Hamma undan hayratlanarli o'yin kutardi, ammo bu sodir bo'lmadi. Jarohatlar futbolchiga muammo tug'dirdi. Har oyda ikki martadan formani tiklash kerak bo'lganda barqaror o'yin ko'rsata olmaysiz. Mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlandi, hujumchi bor-yo'g'i 4ta gol urishga erishdi. Falkao "Monako"ga qaytdi.


O'tgan yilning kuzida Radamel erkin agent sifatida Turkiyaning "Galatasaroy" klubiga o'tdi. U joriy mavsumdagi 9ta uchrashuvda raqib jamoalar darvozasini 5 marta ishg'ol etishga ulgurdi.


So'nggi 5 yildagi muvaffaqiyatlari: Liga 1 chempioni 2016/17.


5. Luka Modrich

Yosh: 34

Hozirgi klubi: "Real"

2015 yildagi narxi: 55 mln. evro

Hozirgi narxi: 15 mln. evro


Xorvatiyalik "qaymoqranglilar" safiga 2012 yilda o'tgan. Ispan klubi iqtidorli futbolchi uchun "Tottenxem"ga 35 mln. evro to'lagan edi.


Modrich "Qirollik klubi" safidagi ilk uchrashuvlaridan jamoaning tizim yaratuvchi futbolchisiga aylandi. Xorvat - murabbiy uchun topilma, u yo'q joydan jamoadoshi uchun vaziyat yaratishi, ayyor pas berishi, raqibini aldab o'tishi yoki noqulay vaziyatdan zarba berishi mumkin. Luka aqlli futbolchi ekanligini murabbiylar bir necha marta takidlashgan. U 2014/15 mavsumni yuqori darajada o'tkazdi. Modrich jarohat tufayli mavsumning yarmini o'tkazib yuborishiga to'g'ri kelgan. Mavsum yakunida u o'z mamlakatining eng yaxshi futbolchisi deb elon qilindi.


Modrich Madridga sodiq. Rahbarlar va murabbiyning ishonchi sababli xorvat boshqa klublarning taklifi haqida o'ylamayapti. Ammo yosh uning transfer narxiga tasir ko'rsatmoqda.


So'nggi 5 yildagi muvaffaqiyatlari: UEFA talqiniga ko'ra 2017/18 mavsumning eng yaxshi futbolchisi, LaLiga chempioni 2016/17; Ispaniya Superkubogi, 2017, 2019/20; CHempionlar ligasi 2015/16, 2016/17, 2017/18; UEFA Superkubogi 2016, 2017; Klublar o'rtasida JCH-2016, 2017, 2018.


4. Sesk Fabregas

Yosh: 32

Hozirgi klubi: "Monako"

2015 yildagi narxi: 50 mln. evro

Hozirgi narxi: 10 mln. evro


"CHelsi" 2014 yilda Sesk Fabregas uchun "Barselona"ga 33 mln. evro to'ladi.  SHartnoma 5 yilga mo'ljallangan edi.


2014/15 mavsum ispaniyalik uchun juda omadli keldi. "CHelsi" Angliya chempioniga aylandi va Angliya liga Kubogini qo'lga kiritdi. Sesk Fabregas ko'klarning o'sha tarkibidagi eng yaxshilardan biri bo'ldi. Ispaniyalik chempionatda 18ta golli pas berdi. Fabregas chempionlikni Londonga qaytarishda yordam bergan bo'lsa, kelasi mavsum "aristokratlar" muvaffaqiyatsizlikka uchradi.


Fabregas hozir "Monako" sharafini himoya qilmoqda. Ispaniyalik 2019 yilning qishida 9 mln. evro evaziga klubini o'zgartirgan edi. Uning jamoasi natijalarini hisobga olsak, Seskning Franciyadagi ishtirokini muvaffaqiyatli deb bo'lmaydi.


So'nggi 5 yildagi muvaffaqiyatlari: Angliya chempioni 2014/15, 2016/17; Angliya Kubogi 2017/18; Angliya liga Kubogi 2014/15; Evropa ligasi 2018/19.


3. Garet Beyl

Yosh: 30

Hozirgi klubi: "Real"

2015 yildagi narxi: 80 mln. evro

Hozirgi narxi: 40 mln. evro


Garet Beyl 2013 yilda 100 mln. evro evaziga "Tottenxem"dan "Real"ga o'tdi. Bu transfer uelslikni o'sha paytda tarixdagi eng qimmat futbolchiga aylandi. Aynan shu xariddan so'ng transfer olamida katta o'zgarishlar bo'ldi.


Beyl ko'p harakat qildi: Vaziyat yaratdi, gol urdi, golli pas berdi. U Krishtianu bilan duetda nafaqat LaLiga, balki undan tashqarida ham shovqin ko'tara olishdi. 2014/15 mavsumda Garet "qaymoqranglilar" safida 31ta bahsda maydonga tushib, 13ta gol urdi.


Futbolchining eng katta muammosi - uning jarohatlarga moyilligi. U klubda o'tkazgan 7 yili davomida 20 martadan ortiq jarohat oldi.


Har yili OAV Garetni biror klubga sotadi. Beylning agenti va klub rahbarlari o'rtasidagi munosabatlar yomonlashgani, uelslikning o'zi "Real" bosslari bilan kelisha olmay qolgani tufayli shunday malumotlar paydo bo'laverdi. Futbolchi bir necha marta uchrashuv yakunlanishini kutmay stadionni tark etdi.


Garet Beyl joriy mavsumda 12ta o'yinda maydonga tushishga ulgurdi. Beyl hozir jarohatini davolamoqda.


So'nggi 5 yildagi muvaffaqiyatlari: LaLiga chempioni 2016/17; Ispaniya Superkubogi 2017, 2019/20; CHempionlar ligasi 2015/16, 2016/17, 2017/18; UEFA Superkubogi 2016, 2017; Klublar o'rtasida JCH-2016, 2017, 2018.


2. Ueyn Runi

Yosh: 34

Hozirgi klubi: "Derbi Kaunti"

2015 yildagi narxi: 45 mln. evro

Hozirgi narxi: 4,5 mln. evro


Ueyn Runi - "Manchester Yunayted" afsonasi. Angliyalik "qizil iblislar" safida 13 yil to'p tepdi.


2014/15 mavsumda Runi jamoaning yangi sardoriga aylandi. Ueyn klub etakchisi edi, mavsum davomida muhim gollarga mualliflik qildi. Lui van Gal Runidan nafaqat hujumchi, balki hujumkor yarim himoyachi poziciyasida ham foydalangan. Ueyn Runi 14ta gol bilan mavsum yakunida klub to'purariga aylandi.


Ayni damda Runi "Derbi Kaunti"da o'ynovchi murabbiy sifatida ishlamoqda. Angliyalik yaqindagini yangi jamoasi safida dastlabki golini urdi.


So'nggi 5 yildagi muvaffaqiyatlari: Angliya Kubogi 2016; Angliya liga Kubogi 2016/17; Evropa ligasi 2016/17; Angliya Superkubogi 2016; klublar o'rtasida JCH-2016.


1. Krishtianu Ronaldu

Yosh: 34

Hozirgi klubi: "Yuventus"

2015 yildagi narxi: 120 mln. evro

Hozirgi narxi: 75 mln. evro


Krishtianu Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. U faoliyati davomida 3ta klubda ("Sporting", "Manchester Yunatyed", "Real") afsonaga aylandi. Krishtianu o'zining eng yaxshi yillarini "Qirollik klubi"da o'tkazdi.


2014/15 mavsumda portugaliyalik navbatdagi ajoyib mavsumni o'tkazib, faoliyatidagi 500-golini urdi. U 2014/15 mavsumdagi 36ta uchrashuvda 35marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. O'sha mavsum u ispan klubi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.


Krishtianu Ronaldu hozir "Yuventus" sharafini himoya qilmoqda. "Keksa sinora" 2018 yilning yozida "Real"ga 117 mln. evro to'lab, portugaliyalikni o'z safiga qo'shib olgan edi. 


So'nggi 5 yildagi muvaffaqiyatlari: LaLiga chempioni 2016/17; Ispaniya Superkubogi 2017; CHempionlar ligasi 2015/16, 2016/17, 2017/18; UEFA Superkubogi 2017; klublar o'rtasida JCH-2016, 2017; A Seriya chempioni 2018/19; Italiya Superkubogi 2018.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика