Son Xyon Min A Seriya klubiga o'tadi?
05 okt 2019 18:50
Yangiliklar


Son Xyon Min A Seriya klubiga o'tadi?
"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Minning agenti koreyalik futbolchining "Napoli"ga o'tishi mumkinligini tasdiqladi.
- Son Neapolga o'tishi mumkin, nimaga yo'q? Futbolda hech qachon deb bo'lmaydi.
Son Italiyani sevadi, oshxonasi va mahalliy odamlarni ham yoqtiradi. Uni sotib olish oson kechmaydi, chunki uning narxi qimmat. Ammo, uning ketishi haqiqatga yaqinroq, - deydi futbolchining agenti Blimayster.
27 yoshli o'yinchi joriy mavsum "shporlar" safida 8ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assistga erishgan.
Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchisi London klubiga 2015 yil "Bayer" safidan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar