Son Xen Min armiyaga boradi
06 apr 2020 21:50
Yangiliklar
Son Xen Min armiyaga boradi
"Tottenxem" rasmiy sayti jamoa forvardi Son Xen Min koronavirus pandemiyasi vaqtida armiyaga borishini malum qildi.
27 yoshli futbolchi mart oyining ohirlarida Janubiy Koreyaga borgandi va ayni kunlarda u karantinda bo'lib turibdi. Bu yakunlanganidan keyin u bir oy davomida armiyada bo'ladi va iyun oyi boshlarida Londonga qaytib ketadi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi 2018 yili Osiyo o'yinlarida g'olib bo'lganidan keyin 21 oylik harbiy majburiyatdan qutulib qolgandi.
Fikrlar