So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  83 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Solishtirish: Rahim Sterling samaradorlik ko'rsatish bo'yicha qaerda joylashgan? Yangiliklar

Solishtirish: Rahim Sterling samaradorlik ko'rsatish bo'yicha qaerda joylashgan?

Kuni kecha Angliya terma jamoasi azosi Sterling CHexiyaga qarshi uchrashuvda xet-trikka erishdi.

Ushbu mavsum APLning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishga asosiy davogar sanalayotgan Sterling Pep Gvardiola qo'l ostida o'zining faoliyatidagi olamshumul mavsumini o'tkazmoqda. Uning natijalari Evropada to'p tepayotgan yulduzlar orasida qanday baholanmoqda? Bu kabi boshqa savollarga javob izlashga kirishib ketdik. Demak, joriy mavsum gol va assist bo'yicha eng faol futbolchilar ro'yxatini ko'rib chiqamiz.


10. Eden Azar (24)

Klub: "CHelsi"

Gollar: 13

Assistlar: 11

O'ynalgan daqiqalar: 2,346

Eden Azar gollarda ishtirok etish borasida "CHelsi"dagi jamoadoshlaridan anchagina oldinda. Belgiyalik "aristokratlar"ning APLdagi kiritgan gollarining deyarli yarmida qatnashgan (48%). Evropa top-5 chempionatida undan faqat 2 ta futbolchi ko'proq golli vaziyatlarni sodir etgan. 


9. Luis Suares (24)

Klub: "Barselona"

Gollar: 18

Assistlar: 6

O'ynalgan daqiqalar: 2,287

Bazilar Suaresning o'yini yoshi o'tib borayotgani sabab pasaymoqda, deyishmoqda. 32 yoshli urugvaylik ayrim jamoadoshlari soyasida qolib ketayotgan bo'lishi mumkin. Lekin, Luis ushbu mavsumda 18 ta gol kiritib, 6 ta assist qayd etish orqali o'zining kataloniyaliklar g'alabasi uchun etarlicha hissasini qo'shdi.


8. Rahim Sterling (24)

Klub: "Manchester Siti"

Gollar: 15

Assistlar: 9

O'ynalgan daqiqalar: 2,146

Joriy mavsum APLda 24 golda bevosita ishtirok etgan Sterling ro'yxatning sakkizinchi pog'onasidan joy oldi. Sterlingdan faqat Azar va Messi ko'proq golli uzatmalar amalga oshirgan. Angliya termasi azosi va "Manchester Siti"ning 7-raqami sohibi o'yin, tezlik, foydali ish koefficienti jadal o'sishda davom etmoqda.  


7. Serxio Aguero (24)

Klub: "Manchester Siti"

Gollar: 18

Assistlar: 6

O'ynalgan daqiqalar: 1,950

APL to'purari bo'lib turgan Aguero mazkur ro'yxatga kirishga haqli. Uning gollari mavsum boshida "Manchester Siti"ga ajoyib startni taqdim etdi. SHuningdek, argentinalik forvard 6 ta golli uzatmani 2000 daqiqadan kamroq vaqt ichida amalga oshirgani bilan boshqa futbolchilardan ajralib turibdi.


6. Nikolya Pepe (25) 

Klub: "Lill"

Gollar: 17 

Assistlar: 8

O'ynalgan daqiqalar: 2,591

Ivuarlik futbolchi 23 yoshida Liga 1 chempionatida o'ziga xos yurishni amalga oshirgan ko'rinadi. "Lill" safida 17 ta gol va 8 ta assist havas qilsa arziydigan ko'rsatkich hisoblansa kerak. 


5. Robert Levandovski (25)

Klub: "Bavariya"

Gollar: 18

Assistlar: 7

O'ynalgan daqiqalar: 2,238

Ushbu ro'yxatdan o'rin olganlar ichida Robert Levandovskining bir o'zi Bundesliga sharafini himoya qilmoqda. Barqaror mavsumlaridan birini o'tkazayotgan polshalik forvard joriy mavsum myunxenliklarning 25 ta golida ishtirok etdi. 


4. Krishtianu Ronaldu (27)

Klub: "Yuventus"

Gollar: 19

Assistlar: 8

O'ynalgan daqiqalar: 2,326

Krishtianu uchun top-10lik ro'yxatiga kirish qiyin emas, yoki portugaliyalik yulduz ushbu short-listda begona bo'lmagan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi. Uning "Yuventus"dagi ishtiroki tobora avjiga chiqib bormoqda. 34 yoshlik hujumchi A Seriyaning to'purarlar o'rtasida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. 


3. Fabio Kvalyarella (28)

Klub: "Sampdoriya"

Gollar: 21

Assistlar: 7

O'ynalgan daqiqalar: 2,239

Yanvar oyida 36 yoshni qarshilagan bo'lishiga qaramay, Kvalyarella A Seriyada kuchli. Ro'yxatning eng qariya futbolchisi bo'lishiga qaramasdan, Fabio 21 ta gol bilan Italiya chempionatida to'purarlar poygasida peshqadamlikni qo'lga olgan. Bejizga uni oradan yana 9 yil o'tib, Italiya terma jamoasi yig'iniga chaqirishmadi.  


2. Kilian Mbappe (32)

Klub: PSJ

Gollar: 26

Assistlar: 6

O'ynalgan daqiqalar: 1,862

Kilian Mbappe etirofga loyiq futbolchiga aylanib bormoqda. 20 yoshli franciyalik joriy mavsum shu paytga qadar Franciya chempionatida 26 ta gol urishga ulgurdi. Ro'yxatda kam vaqt maydonda harakat qilib foydalilik darajasiga ko'ra Messidan keyin ikkinchi o'rindan joy olgani, uning salohiyatiga yanada joziba beradi.


1. Lionel Messi (41)

Klub: "Barselona"

Gollar: 29

Assistlar: 12

O'ynalgan daqiqalar: 2,157

Leo LaLigani shunchaki yig'latmoqda — 29 ta gol va 12 ta assist. Bu natija orqali Messining Evropa kuchli beshlik chempionatlarida eng ko'p golli vaziyatlarda ishtirok etgani ko'rinadi. Ortiqcha tarif shart emas. 

P.S. Malumotlarga asoslangan holda, futbolchilarning ushbu mavsumdagi ko'rsatkichlarini namoyon etishga harakat qildik. Fanatizm va shunga o'xshash so'zlar biz uchun begona.


Squawka malumoti asosida Nodir Abdurasulov tayyorladi

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика