So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  18 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  5 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  12 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Soligorskning "SHaxtyor" klubi akademiyasida yana bir o'zbekistonlik murabbiy ish boshladi Yangiliklar

Soligorskning "SHaxtyor" klubi akademiyasida yana bir o'zbekistonlik murabbiy ish boshladi

Odatda o'zbekistonlik murabbiylarni Evropa va xorij jamoalarida ko'rish kam kuzatiladigan holat hisoblanadi.

Biroq bugungi kunga kelib Belarus chempionati vakili Soligorskning "SHaxtyor" klubi akademiyasida ikki nafar murabbiyimiz faoliyat olib bormoqda. Bunga qadar "Bunyodkor", "So'g'diyona", "Dinamo" klublarini boshqargan Sergey Lushchan soligorskliklar akademiyasida ish boshlagandi. Yaqinda ushbu mutaxassisga doimiy ravishda ko'maklashib kelgan, joriy yilda "Mashal"da Aleksandr Xomyakovga yordam berayotgan Muhiddin Ortiqov ham Belarusga yo'l oldi. Murabbiy "SHaxtyor" Soligorsk akademiyasida 2005 yilda tug'ilgan bolalardan iborat jamoani boshqaradigan bo'ldi. 

"To'g'ri yil boshida "Mashal"ga kelgan edim. Keyinchalik Sergey Ivanovichning taklifiga Belarusga ketdim. Muborakliklar bilan shartnoma tuzayotganimda shunday band bor edi. Soligorskning "SHaxtyor" klubida faoliyatimni boshladim. Ayni paytda 2005 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoani shug'ullantirmoqdaman",- deydi Muhiddin Ortiqov. 

Mazkur murabbiy bilan tashkil qilingan eksklyuziv intervyuni tez orada etiboringizga havola qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика