Soldado - Kumanga: "Sen masxarabozsan"
05 fev 2021 00:50
Yangiliklar


Soldado - Kumanga: "Sen masxarabozsan"
"Granada" forvardi Roberto Soldado Ispaniya Kubogi doirasida "Barselona"ga qarshi o'yin vaqtida jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanga jahl qilgan.
Soldadoga "Barselona"ga g'alaba keltirgan ikki golni nishonlagan Kumanning harakatlari maqul kelmagan.
"U ahmoq, ahmoq!", - degan Soldado golni nishonlayotgan Kumanga qarab.
"Sen masxarabozsan, sen kamtar bo'la olmaysan", - deb qo'shib qo'ygan.
SHu sababli ikki murabbiylar shtabi o'rtasida kichik ziddiyat yuzaga kelgan. Bosh hakam esa aybdorlarni chetlatib yuborgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar