“So'g'diyona”ning “SHo'rtan”ga qarshi tayyorgarligi bugundan boshlanadi
23 okt 2017 11:19
Yangiliklar
“So'g'diyona”ning “SHo'rtan”ga qarshi tayyorgarligi bugundan boshlanadi
O'yindan so'ng murabbiylar shtabi futbolchilarga 2 kunlik tatil berishga qaror qildi. Bugun kechga jamoa “So'g'diyona” qarorgohida yig'iladi va navbatdagi turdagi raqibi “SHo'rtan”ga qarshi tayyorgarlikni boshlaydi. Jamoamiz sardori Sanjar Rashidov “Metallurg”ga qarshi bahsda 4 chi sariq kartochka oldi va u “SHo'rtan”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Ixtiyor Toshpo'latov ham o'tgan o'yinda qizil kartochka olgan edi. Har ikkala futbolchi ham “SHo'rtan”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
Anvar Almatov boshchiligidagi o'rinbosarlarimiz navbatdagi turga tayyorgarlikni shanba kuni boshladi.
Eslatib o'tamiz, “So'g'diyona” “SHo'rtan”ga qarshi safarda bahs olib boradi. Yoshlar ligasi bahsi 26 oktyabr kuni ,asosiy tarkib o'yini esa 27 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
“So'g'diyona ” matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar