"So'g'diyona" Turkiyada yig'in doirasida Eronning ikki klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
15 iyu 2024 13:17
Yangiliklar
"So'g'diyona" Turkiyada yig'in doirasida Eronning ikki klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi ikkinchi davraga tayyorgarlikni Turkiyada olib boradi.
Ivan Boshkovich boshchiligidagi Jizzax klubi 17 iyul kuni Turkiya mamlakatiga jo'nab ketadi va o'sha erda yig'in o'tkazadi. Mazkur yig'in doirasida bir qancha o'rtoqlik o'yinlari ham rejalashtirilgan. "So'g'diyona" 21 iyul kuni Eronning "Sepaxon" klubiga qarshi maydonga tushadi. Oradan besh kun o'tgach Eronning boshqa bir jamoasi "Aluminiy Arak" bilan kuch sinashadi.
Malumot uchun, "So'g'diyona" O'zbekiston Superligasining birinchi davrasini 23 ochko bilan 3-o'rinda tugatdi. Jizzax klubi ikkinchi davrani O'zbekiston kubogi chorak finali doirasida "Navbahor"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Mazkur bahs 7 avgust kuniga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar