"So'g'diyona" Turkiyada yig'in doirasida Eronning ikki klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2024, 13:17
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi ikkinchi davraga tayyorgarlikni Turkiyada olib boradi.

Ivan Boshkovich boshchiligidagi Jizzax klubi 17 iyul kuni Turkiya mamlakatiga jo'nab ketadi va o'sha yerda yig'in o'tkazadi. Mazkur yig'in doirasida bir qancha o'rtoqlik o'yinlari ham rejalashtirilgan. "So'g'diyona" 21 iyul kuni Eronning "Sepaxon" klubiga qarshi maydonga tushadi. Oradan besh kun o'tgach Eronning boshqa bir jamoasi "Aluminiy Arak" bilan kuch sinashadi. 

Ma'lumot uchun, "So'g'diyona" O'zbekiston Superligasining birinchi davrasini 23 ochko bilan 3-o'rinda tugatdi. Jizzax klubi ikkinchi davrani O'zbekiston kubogi chorak finali doirasida "Navbahor"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Mazkur bahs 7 avgust kuniga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia