So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  0 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  2 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  2 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  0 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  5 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  53

"So'g'diyona" Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda. Tarkibga ikki nafar legioner, "Buxoro", "Dinamo" futbolchilari kelib qo'shildi Yangiliklar

"So'g'diyona" Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda. Tarkibga ikki nafar legioner, "Buxoro", "Dinamo" futbolchilari kelib qo'shildi

Ulug'bek Baqoev murabbiyligidagi "So'g'diyona" jamoasi Toshkentda qizg'in ravishda yangi mavsumga tayyorgarlik olib bormoqda.

Jizzaxliklar bugun yig'in doirasidan o'rin olgan navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Samarqandning "Dinamo" jamoasi raqiblik qilgan uchrashuvda Baqoev shogirdlarining qo'li baland keldi, 1:0. Yagona golga 90+2 daqiqada Nodirbek Qo'yboqov mualliflik qildi. Futbolchi Daniel Nasriddinovning uzatmasidan so'ng boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi. Murabbiylar shtabi bu bahsda ikki xil tarkibni sinovdan o'tkazdi. Ushbu uchrashuvda "So'g'diyona" tarkibida bir qator yangi futbolchilar harakat qildi. Xususan, o'tgan mavsumni "Buxoro"da o'tkazgan darvozabon Zafar Safoev, 2020 yilning ikkinchi davrasida ijara asosida "Dinamo"da to'p tepgan Oybek Nurmatov shuningdek, serbiyalik markaziy himoyachi Luka CHermel va koreyalik futbolchiga o'rtoqlik uchrashuvida imkoniyat taqdim etildi. 

Jamoa shu kunga qadar "Surxon", "Oq-tepa", "Andijon" jamoalari bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazgan edi. Qishki transferlar oynasi vaqtida Milan Mitrovich, Sanat SHixov, Sanjar Rashidov, SHavkat Mullajonov kabi futbolchilar  klubni tark etishdi.

O'rtoqlik uchrashuvi. Toshkent

5 fevral (juma)

"Dinamo" - "So'g'diyona" - 0:1

Gol: Nodir Qo'yboqov, 90+2

"Dinamo": Farhod Rahmatov, Jasur Hasanov, Obid Jo'raboev, Komil SHarofutdinov, Islom SHaripov, Jamshid Hasanov, Oleg Marchuk, SHoxruh Abdurahmonov, Temur Hakimov, Sardor Eminov, Mixaylo Udod.

Zaxira: Siroj Meliev, Akmal Kozimov, Temur Usmonov, Faxriddin Alimov, Javlon Malikov. 

Foto: "Dinamo" matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика