"So'g'diyona" Qozog'iston klubiga qarshi o'ynaydi
27 jan 2017 18:08
Yangiliklar
"So'g'diyona" Qozog'iston klubiga qarshi o'ynaydi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni "So'g'diyona" Qibray tumanida davom ettirmoqda. Mashg'ulotlar ikki mahal olib borilib, asosan futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan.
Yig'in davomida "So'g'diyona" bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarini ham o'tkazdi. Yana bir o'rtoqlik o'yini 30 yanvar kuni soat 12:00 da Qozog'istonning "Maxtaaral" klubiga qarshi o'tkaziladi.
Hozircha bahs Qibraydagi stadionda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ob-havoning qanday kelishiga qarab, "Paxtakor" klubiga qarashli suniy maydonga ko'chirilishi mumkin. Yig'in davomida "So'g'diyona" 1 fevral kuni "Qizilqum"ga qarshi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bahs "Bunyodkor" akademiyasi maydonida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
"So'g'diyona" matbuoti xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar