So’nggi yangiliklar

21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  0 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Шўртан" "Арал"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди. "Қўқон-1912" ва "Бунёдкор" қўшимча бўлимларга мурожаат қилишди  3 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  0 21:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" - "Видад Касабланка" (онлайн ҳисоб)  18 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   5 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  10 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  5 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2

"So'g'diyona" klubi ijrochi direktori: “SHu kungacha O'FF prezidentining Jizzax viloyatiga tashrifi kuzatilmagandi” Yangiliklar

"So'g'diyona" klubi ijrochi direktori: “SHu kungacha O'FF prezidentining Jizzax viloyatiga tashrifi kuzatilmagandi”

Bugun O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

“So'g'diyona” PFK da olib borilayotgan ishlar yuzasidan jamoa ijrochi direktori Javlon Salohiddinov o'z fikrini bildirdi.

- Bugungi kunda “So'g'diyona” PFK profesionallik sari dadil qadam odimlamoqda. Rahbariyat tomonidan futbolchilar  va murabbiylar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bugun Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan O'FF prezidenti va azolari ham bunga guvoh bo'ldi. Biz hozirgi kunda O'FF tomonidan qo'yilgan barcha talablarni bajardik. “So'g'diyona” futbol klubi qoshida akademiya, futzal, ayollar klubiga ega bo'ldik. 

Hozirgi kunda futbol va biznes yonma-yon. Millionlarga sotib olingan ligeonerlardan ko'ra o'zimiz shu akademiyada futbolchilarni tarbiyalab, nafaqat klubimiz balki O'zbekiston terma jamoalarga mahoratli futbolchilarni etkazib beramiz. Zeroki Jizzax futbol maktabi  ko'plab mahoratli futbolchilarni tarbiyalagan. Sardor Rashidovdek, Jasur Hasanovdek tajribali futbolchilar xorijiy klublarda to'p surishi bizning yutug'imizdir.

SHu kungacha O'FF prezidentining shaxsan Jizzax viloyatiga tashrifi kuzatilmagandi. Umid Ahmadjonov akademiya tarbiyalanuvchilariga sovg'alar ulashdilar. Biz ham o'z navbatida 1 fevralgacha qo'yilgan barcha super liga talablarini yakunlab Jizzax viloyati hamda muxlislar oldida yuzimizni yorug' qilishga harakat qilamiz, - deydi Javlon Salohiddinov.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика