"So'g'diyona" klubi ijrochi direktori: “Shu kungacha O'FF prezidentining Jizzax viloyatiga tashrifi kuzatilmagandi”

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2018, 22:01
Bugun O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

“So'g'diyona” PFK da olib borilayotgan ishlar yuzasidan jamoa ijrochi direktori Javlon Salohiddinov o'z fikrini bildirdi.

- Bugungi kunda “So'g'diyona” PFK profesionallik sari dadil qadam odimlamoqda. Rahbariyat tomonidan futbolchilar  va murabbiylar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bugun Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan O'FF prezidenti va a'zolari ham bunga guvoh bo'ldi. Biz hozirgi kunda O'FF tomonidan qo'yilgan barcha talablarni bajardik. “So'g'diyona” futbol klubi qoshida akademiya, futzal, ayollar klubiga ega bo'ldik. 

Hozirgi kunda futbol va biznes yonma-yon. Millionlarga sotib olingan ligeonerlardan ko'ra o'zimiz shu akademiyada futbolchilarni tarbiyalab, nafaqat klubimiz balki O'zbekiston terma jamoalarga mahoratli futbolchilarni etkazib beramiz. Zeroki Jizzax futbol maktabi  ko'plab mahoratli futbolchilarni tarbiyalagan. Sardor Rashidovdek, Jasur Hasanovdek tajribali futbolchilar xorijiy klublarda to'p surishi bizning yutug'imizdir.

Shu kungacha O'FF prezidentining shaxsan Jizzax viloyatiga tashrifi kuzatilmagandi. Umid Ahmadjonov akademiya tarbiyalanuvchilariga sovg'alar ulashdilar. Biz ham o'z navbatida 1 fevralgacha qo'yilgan barcha super liga talablarini yakunlab Jizzax viloyati hamda muxlislar oldida yuzimizni yorug' qilishga harakat qilamiz, - deydi Javlon Salohiddinov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати