“So'g'diyona”: Hakamlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
15 fev 2018 18:09
Yangiliklar


“So'g'diyona”: Hakamlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Bugun 15 fevral kuni jamoa istiqomat qilayotgan “Grand Atlas” mehmonxonasining konferenciya zalida O'FA hakamlar qo'mitasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
O'FA qo'mitasi vakili Popov Aleksandr Vladimirovich jamoa futbolchilariga hakamlik sohasidagi bir qator yangiliklar bilan tanishtirdi. Ushrashuv davomida futbolchilarga monitorda jahon futbolidagi tortishuvli vaziyatlar haqida video roliklarlar namoyish etildi. Futbolchilarga bunday vaziyatlarda hakamlar qanday qaror qabul qilishlari haqida tushuntirildi.
SHundan so'ng,futbolchilar bilan suhbat qilindi va ular bevosita o'zini qiziqtirgan savollariga javob olishdilar.
SHu o'rinda, Super liga bahslarida hakamlik borasida tubdan farq qilinadi. Endilikda hakamlar o'yin davomida mayda follarga etibor qilmay futbolchilarga kurashish uchun imkoniyatlar yaratilishi haqida ham aytib o'tildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar